Янгиликлар

Bloger Activist apellyatsiya shikoyatini qaytarib oldi

Toshkent Shahar sudlari matbuot xizmati xabar berishicha, yogurtlardagi “karmin” bo’yog’I to’g’risidagi videosi uchun 15 sutkaa qamalgan Activist loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirov suddan advokati kiritgan apellyatsion shikoyatini ko’rmasdan qoldirishni so’radi.
14 aprel kuni blogerning advokati Sirojiddin Ishpulatov Toshkent Shahar jinoyat ishlari bo’yicha sudiga apellyatsion shikoyat kiritgan. Sud yig’ilishi juma kuniga belgilangan edi.
Hujjatda advokat blogerning aybsizligini ta’kidlab, hozirgacha video yuzasidan hech bir yogurt ishlab chiqaruvchisi e’tiroz bilan murojaat qilmaganini aytgan. Bundan tashqari, video e’lon qilinganidan keying kuni bloger uning “harom” so’zlari yogurtlarga emas, balki karminga tegishli ekanini tushuntirgan. U, shuningdek, tarkibida karmin moddasi bo’lgani bilan yogurt mahsuloti “harom” bo’lish-bo’lmasligi xususida fikr bildirolmasligini, imom emasligi, shunchaki mahsulot tarkibiga ahamiyat qaratmoqchi bo’lganini aytdi.
“Barcha uning imom emasligini va fatvo chiqarish vakolatiga ega emasligini biladi. Ma’lumki, un iinson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan mahsulotlar qiziqtiradi va ular haqida ma’lumot beradi. Jamiyatga foyda keltirayotgan insonga nisbatan ogohlantirish bilan cheklanib, uni bir safar kechirish qiyinmi? Bir yil davomida Hojiakbar Nosirov joylagan videolar orasida IIB xodimlari faqat yogurt haqidagisini topishdi. Agar u diniy arbob bo’lganida, bunday videolarni avval ham joylagan bo’lar edi”, dedi Sirojiddin Ishpulatov.
Himoyachi, shuningdek, IIB xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari haqida gapirdi. Uning so’zlariga qaraganda, blogerga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy materialda uning maqomi (gumonlanuvchi, guvoh yoki ayblanuvchi) ko’rsatilmagan edi. Bundan tashqari, xodimlar bloger va uning advokati bilan kameralar o’rnatilmagan xonada suhbatlashishdi. Ishpulatov ta’kidlashicha, xodimlar ularga bosim o’tkazib baqirishgan, shu bilan birga, qayta ekspertiza o’tkazish so’rovlarini rad etib, ashyoviy dalil sifatida telefon va qo’l soati olib qo’yilgani to’g’risidagi akt nusxasini berishda, ish materiallari bilan tanishish va nusxa olishga rad javobi berishdi.
Advokat, shuningdek, sud jarayoni bor-yo’g’I uch daqiqa davom etgani va sudya tomonidan belgilangan tartib buzilgani haqida yozgan.
“H.N. tomonidan sudga kiritilgan apellyatsion shikoyatni ko’rmasdan chiqish haqidagi arizasi munosabati bilan sud Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 324−4 (Apellyatsiya shikoyatini qaytarib olish) va 324−8-moddalariga (Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari) asosan, apellyatsiya shikoyatini ko‘rmasdan qoldirib, apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida qaror chiqarildi”.
Manba: Toshkent Shahar sudlari rasmiy Telegram-kanali, Gazeta.uz, Activist Telegram-kanali.
Prevyudagi foto: Gazeta.uz