Янгиликлар

Zo'ravonlik targ'iboti uchun jazo beriladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar Inbazarahome savdo tarmog'i reklama rolikini bir-birlari bilan bo'lishmoqda.
Rolikda bir kelin boshqasiga eri uni kaltaklab, onasi sarpasiga qilgan dazmol taxtani buzib qo'yganidan shikoyat qilyapti. Ovsinlarni suhbat chog'ida topgan qaynona tafsilotlarni surishtirib, ikkalasini yangi dazmol taxta harid qilish uchun do'konga olib keladi.
Rolik yumoristik kontentga da'vo qilyapti, biroq bunday vaziyat kulgu uyg'otadimi? Bu haqda internet foydalanuvchilari quyidagi fikrda.
O'zbek seriallari va reklama roliklarida erkaklar ayollarni kaltaklab, bu uchun jazo olmas ekan, 11 yashar qizlar shunday erkaklarning qurboni bo'laveradi. Bu Inbazarhome do'konining reklamasi - Nigora Akilova.
Mediada jamoatchilik shikoyatlari inobatga olinadimi va mazkur kontent zo'ravonlikni targ'ib etayotgan, deb baholanadimi.
1891-modda. Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish (O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksi)

Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, —
tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan to‘rt yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Legalclinic.uz vaziyatni kuzatib boradi.