Янгиликлар

Jurnalist surishtiruvi qanday hujjatlashtiriladi?

Blogerlar va media xodimlarini huquqiy qo'llab-quvvatlash maslahatxonasiga OAV muharriridan savol keldi.
"Assalomu alaykum, Hamkasblar! Saytingizda e'lon qilinayotgan milliy jurnalistika sohasidagi axboriy-huquqiy materiallarga tizimli ravishda murojaat qilamiz. Mehnatingiz uchun tashakkur! Ayni damda mutaxassislaringizdan yuridik nuqtayi nazardan protsessual tekshirilgan hujjat - jurnalist surishtiruvini tashkil etish (muhbirni voqea joyiga yuborish) to'g'risida tahririyat ichki buyrug'ini tayyorlashda maslahatlari kerak. Rahmat!
Klinika huquqshunoslari jurnalist surishtiruvini tashkil etish to'g'risidagi tahririyat ichki buyrug'i namunasini tayyorlashdi. Unga faqat o'z ma'lumotlaringizni kiritishingiz kerak. Buyruq shaklini bu yerda yuklab olish mumkin.
Eslatib o'tamiz, bundan avval saytda davlat organlaridan axborot olish uchun jurnalistik so'rov namunaviy shakli e'lon qilingan edi.