Янгиликлар

Ijtimoiy tarmoqlarda Sizni haqorat qilishsa, obro‘yingizni qanday himoya qilishingiz mumkin?

Obro‘, or-nomus va qadr-qimmatni hurmat qilish huquqi O‘zbekiston qonunchiligi bilan himoyalangan. Tuhmat va haqorat nafaqat ma’naviy va moddiy zarar yetkazishi, balki uni tarqatuvchi uchun jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Xafa bo‘lgan sobiq xodim, xeyter yoki boshqa har qanday shaxs Internetda yolg‘on, obro‘sizlantiruvchi ma’lumotlarni tarqatganida, jabrlangan tomon o‘z huquqlarini himoya qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki sudga murojaat qilishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida tuhmat va haqorat uchun javobgarlik 40- va 41-moddalarda belgilangan. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139- va 140-moddalarida bunday harakatlar uchun jazo nazarda tutilgan. Mazkur qoidalar ma’lumotlarning Internet tarmog‘ida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar kabi ommaviy platformalarda tarqatilishi holatlarini qamrab oladi. Huquqbuzarning harakatlari og‘irligiga qarab, tuhmat va haqorat uchun ma’muriy yoki jinoiy jazo qo‘llanilishi mumkin.
Shunday qilib, Internet tarmog‘ida tuhmat yoki haqoratga duch kelgan shaxs yashash joyidagi organlarga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga murojaat qilib, pozitsiyasini asoslash uchun zarur dalillarni taqdim etib, o‘z huquqlarini himoya qilishi mumkin.
Agar Sizda huquqlaringizni himoya qilish bilan bog‘liq savollar tug‘ilsa yoki professional yordam zarur bo‘lsa, bepul huquqiy maslahat olish uchun mediahuquqshunoslarga murojaat qiling. Legalclinic.uz ekspertlari vaziyatingizning huquqiy jihatlarini aniqlashga va tegishli yechimlarni taklif qilishga yordam berishga tayyor. Maxfiylik kafolatlanadi, savolni anonim tarzda berish mumkin. Malakali yordam olish uchun bugun bizga murojaat qiling!