E'tiboringizga eng ko'p murojaat qilinadigan va kuchli jahon medialari TOP 5taligini havola etamiz.
Sinxua axborot agentligi. Soddalashtirib "Yangi Xitoy" agentligi deb tarjima qilinadi. Agentlikka 1931 yil noyabrida asos solingan bo'lib, avval u "Xitoyning qizil axborot agentligi" deb nomlangan. 1937 yildan boshlab amaldagi nomiga ega bo'ldi. U Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining rasmiy axborot agentligi hamda XXRdagi eng yirik axborot va matbuot anjumanlari markazi sanaladi.
Bosh ofisi Pekinda joylashgan. Sinxuaning yuzdan ortiq bo'linmalari mavjud. Axborot agentligi butun dunyo bo'ylab yetti tilda, jumladan, xitoy, ingliz, fransuz, rus, ispan, arab va yapin tilida yangiliklarni yoritadi, shuningdek, yangiliklar lentasini yuritadi va boshq.
Agentlik rasmiy sayti: www.xinhuanet.com

Britaniya eshittirish korporatsiyasi (British Broadcasting Corporation, BBC) 1922 yil 18 oktabr kuni bir qator xususiy korporatsiyalar tomonidan asos solingan.
Huquqiy jihatdan BBC faoliyatini Xartiya (Britaniya eshittirish korporatsiya u tufayli mavjud bo'lgan nizom)ga binoan amalga oshiradi. BBC statut korporatsiya (Statutory corporation), ya'ni aksionerlarga ega sanaladi. Kompaniyaning doimiy byudjeti Buyuk Britaniyada televizor, shuningdek, real vaqt rejimida videosignal tomosha qilish imkonini beruvchi moslama, jumladan, mobil aloqa telefoniga ega aholi to'laydigan maxsus soliq hisobiga shakllantiriladi.
BBC turli formatlarsa eshittirish olib boradi. Bular radio, televideniye, onlayn. Xalqaro bo'linmalar xizmatiga kiruvchi barcha tinglovchilar soni 150 million kishidan oshadi.
BBC radiosi 28, jumladan, ingliz tilida ham eshittirish olib boradi.
Rasmiy sayti: https://www.bbc.com/

The Washington Post (Post sifatida ham mashhur, norasmiy WaPo) — Kolumbiya shtati Vashingtonda chop etiladigan nashr. Poytaxt bo'lmish Vashingtonga eng keng tarqalgan gazeta sanaladi. The Post 1877 yilda ochilgan. Gazetada milliy va xalqaro mavzudagi tezkor yangiliklar, reportajlar, ocherk va sharhlar e'lon qilinadi. Gazeta shiori "Demokratiya zulmatda halok bo'ladi". Gazeta 47 ta Pulitser, jumladan, 2008 yilda oltita alohida mukofot olgan.
Rasmiy sayti: https://www.washingtonpost.com/
Rasmiy sayti: https://www.washingtonpost.com/
Fox News Channel (qisqartirilganda FNC yoki Fox News) — shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan Amerika axboriy kanali. U ilk bor 1996 yil 7 oktabrda efirga chiqqan. Kanal Rupert Myordokning Fox Corporation mediakonserniga tegishli bo'lib, uning dasturlari Fox Broadcasting Company telekompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi. Kunlik auditoriyasi 1.2 million kishi bo'lgan kanal AQShdagi asosiy kanallardan biri sanaladi.
Rasmiy sayti: https://www.foxnews.com/
Rasmiy sayti: https://www.foxnews.com/
Biznes insayder (ing. Business Insider) — axborotni yig'ish va tarqatishda o'zgacha uslubga ega dunyoning yetakchi axboriy portali. Tahliliy agentliklardan farqli o'laroq (masalan, Gartner), Business Insider da tahliliy yangiliklar odatda, izohlar bilan, ular sodir bo'lgach, bir necha soatdan keyin, ularning kompaniya hisobotlari bilan taqqoslanishi kutilmasdan e'lon qilinadi va doim avtoritet manbalar fikriga asoslanadi.
Mustaqil ma'lumotlarga ko'ra, 2011 yilda portalning oylik auditoriyasi 7.8 mln nafarga yetdi. Amazon Alexa ma'lumotlariga ko'ra, portal dunyoning eng yirik saytlari to'rt yuztaligiga kiradi. Portal bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilda unga bir oyda 20 million foydalanuvchi murojaat qilgan.
Rasmiy sayti:: www.businessinsider.com

Shuningdek, jahon ommaviy axborot vositalari yetakchilari o‘ntaligiga Forbes jurnali, Amerikaning kabel va sun’iy yo‘ldoshli axborot kanali CNBC, Rossiyaning Russia Today televizion tarmog‘i, Britaniyaning Reuters xalqaro axborot va moliyaviy axborot agentligi hamda professionallar uchun moliyaviy ma’lumotlarni yetkazib beruvchi ikki yetakchidan biri kiradi. moliya bozori ishtirokchilari.
Bloomberg.
Bloomberg.