Янгиликлар

Ko'prik to'sinlari qulagan joyda jurnalistlarga hujum qilgan shaxs jarimaga tortilishi yoki uzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin

Podrobno.uz nashri yozishicha, huquq-tartibor organlari Toshkentda ko'prik qulash joyida jurnalistlar kaltaklangani yuzasidan jinoiy ish qo'zg'adi. OAV xodimlariga hujum qilgam shaxs jarima yoki tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda Zo'r TV telekanali jurnalistlariga bir guruh agressiv kishilar hujum qilayotgani aks etgam video tarqaldi. Suratga olish guruhi aeroport yonidagi ko'prikda to'sinlar qulagani haqida material tayyorlayotgan edi. Huium qilgan shaxslar jurnalistlarning professional vazifalarini bajarishga to'sqinlik qilgan, operator va kameraga zarar yetkazgan.
"O'zbekiston temir yo'llari" kompaniyasi vakillari videoda "Ko'prikqurilish" tresti 67-sonli otryadi rahbari N.Eshniyozov aks etganini aniqlashdi. U o'z hatti-harakatlari uchun Mehnat kodeksining tegishli moddalari bilan ishdan bo'shatildi.
Bugun ertalab IIVda huquqbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277- moddasining 1-bandi bilan jinoiy ish qo'zg'atilgan. U Zo'r TV muhbirining qoshini yorgan, operatorning burnini sindirgan va suratga olish texbikasiga zarar yetkazgan.
Bu kabi huquqbuzarlik uchun BHMning 50 barobaridan 100 barobarigacha jarima (16.5 million so'mdan 33 million so'mgacha), uch yuz soatgacha jamoat ishlari yoki uch yilgacha tuzatish ishlari ko'rinishida jazo nazarda tutilgan.
Jurnalistlar huquqlarini poymol etish, ularning hayoti, sog'ligi yoki mulkiga zarar yetkazganlil uchun ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi va jinoyat kodekslarida maxsus moddalar yo'q ekan, jurnalistlar o'zlarini himoyasiz his etaveradi. Yodda tutish joizki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-modda 2-qismida jurnalistlarga professional vazifalarini bajarosh chog'ida hujum qilganlarni mas'uliyatli jazolashga chaqiradi.
Bu O'zbekistonda jurnalistlarning hujumga uchrayotganining ilk misoli emas.
YUNESKOning 2022 yildagi hisobotiga ko'ra, jurnalistlar joniga suiqasd ko'rsatkichlari uch yilgi mo'tadillikdan so'ng ilk bor o'zgardi: 2019 yilda 53 nafar jurnalist o'ldirildi, 2020 – 50 nafar, 2021 – 55.
Muhbirlar uchun eng xavfli mamlakatlar sifatida 2022 yikda Meksika - 19 nafar o'ldirilgan jurnalist, Ukraina - 10 nafar va Gaiti - 9 nafar ko'rsatildi. Osiyo va Tinch okeani mintaqalarida 16 ta suiqasd, Sharqiy Yevropada - 11 ta suiqasd uyushtirilgan.
Olingan ma'lumotlar jurnalistlar ishi davomida yuzlashayotgan jiddiy xavflar va qaltisliklarni yana bir bor yaqqol ko'rsatadi.
"Hukumat bunday jinoyatlarni to'xtatish va aybdorlarni jazolash uchun hatti-harakatlarini faollashtirishlari darkor, zero loqaydlik ushbu zo'ravonlik muhitidagi asosiy omil sanaladi", - dedi YUNESKO bodh direktori Odri Azule.
Zo'r TV jurnalistiga mansabdor shaxsning hujum qilishidek holat so'z erkinligiga soya soladi. Agar jurnalistlar o'z professional faoliyatini erkin amalga oshira olmasalar, jamiyat voqealar va muammolar yuzasidan to'liq va xolis axborot ololmaydi.
Jurnalistlarni himoya qilish va professional faoliyatlarini amalga oshirish chog'ida xavfsizliklarini ta'minlasj uchun kerakli choralarni ko'rish darkor. Jurnalistlar huquqlarini poymol qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish uchun ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi va jinoyat kodeksiga o'zgartirishlar kiritish kerak.
Bundan tashqari, huquq-tartibot organlari va mahalliy hokimiyat organlari xodimlari uchun so'z, erkinligining ahamiyati va jurnalistlarni himoya qilish muhimligi haqida o'qishlar tashkil etish lozim. Bu jurnalistlarning ishlashlari uchun xavfsiz muhit yaratish va axborotdan erkin foydalanishni ta'minlashga yordam beradi, zero bular demokratiya va huquqiy davlatning muhim jihatidir.
Kelajakda jurnalistlarni himoya qilish va xavfsizliklarini ta'minlash uchun zaruriy choralar ko'rilishidan umidvormiz.
Manba: Podrobno.uz