Ijtimoiy tarmoqlar kontenti. 2023-yil mart oyida sodir bo’lgan voqealar TOP uchtaligi
Blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ko’pincha tarmoqqa kontent joylaydi, ammo kam hollarda bu ishning qanchalik qonuniy ekani haqida o’ylab ko’rishadi. Tarmoqda axborot “oqib ketishi” hollari tez-tez kuzatiladi, foydalanuvchilar ko’pincha boshqa kishining shaxsiy ma’lumotlarini tarqatadi, mashhurlik ketidan quvib shubhali, diniy xarakterdagi noqonuniy kontent yaratadi. Bugun ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlar uchun content yaratish sohasida qonun buzilish hollari bilan bog’liq voqealar ketma-ketligini jamladik.
Uch nafar maktab o’quvchisi ko’p qavatli bino tomining chetida turib rasmga tushmoqchi bo’ldilar. Mahalla raisi va profilaktika inspektori qizlar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlarini olib bordi. Qizlar o’z qilmishlari uchun uzr so’rab, shunchaki ko’proq layk yig’moqchi bo’lganlarini ta’kidlashdi.
Yigitga nisbatan ma’muriy protokol tuzilib, u bilan ham ota-onasi ishtirokida profilaktik suhbat o’tkazildi.
Tezkor surishtiruv harakatlari natijasida aniqlanishicha, “Panda” profili 28 yashar andijonlik fuqaroga tegishli bo’lib, u qizdan pul olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167- moddasining 1-bandi (Tovlamachilik) bilan jinoiy ish qo’zg’atilib, ayni damda tergov ishlari olib borilyapti. Gumonlanuvchiga 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoki shu muddatga qamoq jazosi qo’llanilishi mumkin.