Agar sizga O‘zbekistonda medianing huquq va majburiyatlarini, axborot olish huquqining qonunchilik asoslarini, hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan va konfedensial axborotni, shaxsiy ma’lumotlarni va privatlik huquqini, mediadagi diffamatsion xatarlar, voyaga yetmaganlar haqidagi axborotni e’lon qilish qoidalarini va boshqa muhim va qiziqarli mavzularni o‘rganish qiziq bo‘lsa, sizni bu yerda kutamiz.
O‘zbekiston medialari, jurnalistlari, blogerlarini qo‘llab-quvvatlash yuridik klinikasi mediahuquq bo‘yicha “Huquqiy xabardorlik: media, jurnalistlar va blogerlarning huquq va javobgarligi” treninglari turkumida qatnashish uchun ishtirokchilar qabulini e’lon qiladi.
Maqsad – hududiy media, jurnalistlar va blogerlarning, shuningdek mediayuristlarning huquqiy xabardorligi va mediasavodxonligini oshirish.
Treninglar o‘tadigan muddat va joylar:
19-20 avgust – Andijon 17-18 sentyabr – Urganch 29-30 sentyabr – Buxoro
Trening o‘zbek tilida olib boriladi
Treninglarni olib boruvchilar:
Madina Tursunova Yurist, mediatrener, mediayurist, mualliflik huquqi bo‘yicha mutaxassis
Treningda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ariza berish mumkin. https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfOERIqdVRe7rTPyWgtwpaFZrwafo46GG2BTQWW7CkB9zsAcA/viewform?usp=sf_link
Trening dasturi quyida: https://docs.google.com/document/d/13xyFjS-0B0G9hGbWLT4s_N3nVs1SOmKq/edit?usp=sharing&ouid=113504704059486527487&rtpof=true&sd=true
Treningda qatnashish bepul. Ishtirokchilarning trening bo‘lib o‘tadigan joyga yetib olishi uchun yo‘l haqining to‘lab berilishi nazarda tutilmagan.
Trening tashkilotchisi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish Markazi, Yuksalish Umummilliy harakati axborot ko‘magida