O‘zbekiston medialari, jurnalistlari, blogerlarini qo‘llab-quvvatlash yuridik klinikasi mediahuquq bo‘yicha “Huquqiy xabardorlik: media, jurnalistlar va blogerlarning huquq va javobgarligi” treninglari turkumida qatnashish uchun ishtirokchilar qabulini e’lon qiladi.
Maqsad – hududiy media, jurnalistlar va blogerlarning, shuningdek mediayuristlarning huquqiy xabardorligi va mediasavodxonligini oshirish.
Treninglar o‘tadigan muddat va joylar:
19-20 avgust – Andijon
17-18 sentyabr – Urganch
29-30 sentyabr – Buxoro
Trening o‘zbek tilida olib boriladi
Treninglarni olib boruvchilar:
Madina Tursunova
Yurist, mediatrener, mediayurist, mualliflik huquqi bo‘yicha mutaxassis
Dilfuza Mirzahmedova
Jurnalist, o‘qituvchi, mediatrener, taqdiqotchi
Treningda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ariza berish mumkin. https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfOERIqdVRe7rTPyWgtwpaFZrwafo46GG2BTQWW7CkB9zsAcA/viewform?usp=sf_link
Trening dasturi quyida: https://docs.google.com/document/d/13xyFjS-0B0G9hGbWLT4s_N3nVs1SOmKq/edit?usp=sharing&ouid=113504704059486527487&rtpof=true&sd=true
Treningda qatnashish bepul.
Ishtirokchilarning trening bo‘lib o‘tadigan joyga yetib olishi uchun yo‘l haqining to‘lab berilishi nazarda tutilmagan.
Trening tashkilotchisi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish Markazi, Yuksalish Umummilliy harakati axborot ko‘magida