O'zbekistonda blogerlar hayvonlarga shafqatsiz munosabat holatlari tufayli amaldagi qonunchilikni o'zgartirishga chaqira boshlashdi. Birgina so'nggi oy ichida O'zbekistonda ko'plab munozaralarga sabab bo'ldan uchta hayvonlarni o'ldirish yoki ularga shafqatsiz munosabatda bo'lish holatlari sodir bo'ldi.
Vahshiylar olgan jazo nafaqat O'zbekiston, balki jahondagi jamoat faollari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi. Hayvonlar ustidan amalga oshirilgan g'ayriinsoniy harakatlar, jumladan, mushukning tiriklayin yoqib yuborilishi uchun huquqbuzarlar 1 mln so'mdan kam miqdordagi jarima bilan qutulib qoldi.
Foydalanuvchilar mashina oynalari rangini ruhsatnomasiz qoraytirish uchun jarima miqdori 8 million so'mgacha yetishi mumkin bo'lgan holatda, jonli mavjudotning shafqatsiz o'ldirilishi uchun jazo 1 mln so'mdan oshmasligi fakti nihoyatda norozi.
Ijtimoiy tarmoqlarda katta yoshda hayvonlarga nisbatan zo'ravonlik - psixik buzilishning ilk belgisi bo'lib, kelajakda ushbu shaxsning boshqa shaxs ustidan zo'ravonlik hatti-harakatlarini oshirish ehtimolini orttiradi, degan kriminal va xulq psixologiyasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanib, bunday huquqbuzarliklar uchun jazo choralarini kuchaytirish, jumladan, ma'lum faoliyat turlari bilan shug'ullanishni man qilish taklifi berilmoqda.