Axborot vositalarining taraqqiyoti ko'rsatkichlar besh toifasi bo'yicha baholanadi:
· so'z erkinligi, plyuralizm va axborot vositalarining xilma-xilligiga yordam beruvchi huquqiy tizim;
· teng "o'yin qoidalari", plyuralizm va axborot vositalarining xilma-xilligi, ularning egalari to'g'risida shaffof axborot;
· axborot vositalari demokratik muhokama uchun platforma sifatida;
· so'z erkinligi, plyuralizm va xilma-xillikni mustahkamlovchi institutlarning kasbiy salohiyatini oshirish va qo'llab-quvvatlash;
· mustaqil va plyuralistik axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash uchun munosib infratuzilma imkoniyatlari.
Qanday mezonlar reytingning ishonchliligi haqida xulosa chiqarishga yordam beradi?
U yoki bu reytingga munosabatni shakllantirish uchun qator savollarga javob berish kerak. Mana shu maqsadda tuzilgan kichik chek varaqasi.
· Shaffoflik: Reytingni tuzish jarayoni ochiq va tushunarlimi? Qanday ma'lumotlar va usullardan foydalanilganligini osongina topish va tushunish mumkinmi?
· Mustaqillik: Reyting baholanayotgan subyektlar bilan manfaatlar to'qnashuvida bo'lmagan mustaqil tashkilot tomonidan tuzilganmi?
· Dolzarbligi: Reyting muntazam yangilanib turadimi? Baholanayotgan subyktlarning hozirgi holatini aks ettirish uchun reyting muntazam ravishda yangilanishi lozim.
· Obro': reyting agentligining obro'si ishonchlimi va bu sohada tajribasi qanday?
· Qiyosiyligi: reytinglar bir-biri bilan qiyoslanishi mumkinmi? Agar ikkita reyting bir xil subyektlarni baholasa, ularning natijalari o'xshash bo'lishi kerak.
Mazkur mezonlarning barchasiga rioya qilingan taqdirda ham, reytinglar baholash vositalaridan biri hisoblanadi va qaror qabul qilishda yagona mezon sifatida qollanilishi kerak emas.