Янгиликлар

O'zbekistonda so'z erkinligi Indekslaridagi salbiy trend

Bugungi kunda media sohasidagi turli institutlar va jarayonlarni tartibga solish imkoniyatini beruvchi ko'plab indekslar mavjud. Ushbu reytinglarga muvofiq O'zbekistonda OAVningi mavqei qanday baholanayotganini ko'rib chiqamiz.
OAV erkinligiga nisbatan uchta xalqaro indeks eng mashhur: Freedom Housening "Matbuot erkinligi" loyihasi (Freedom of the Press), Xalqaro tadqiqotlar va ayirboshlash Kengashining OAV barqarorligi indeksi (Media barqarorlik indeksi) (International Research and Exchange Board — IREX) va "Chegarasiz muxbirlar" notijorat tashkiloti (RBG) tomonidan tuzilgan Jahon matbuot erkinligi indeksi (Worldwide Press Freedom Index). Mazkur indekslar nafaqat mutaxassislar va ekspertlar hamjamiyatining, balki ularning natijalarini faol nashr etadigan OAVning e'tiborini tortmoqda.
YuNESKOning OAVni mediaviy va axboriy savodxonlik (MAS) tamoyillariga asoslanib, baholashga majmuaviy yondashuvi alohida e'tiborga loyiqdir. Mazkur tamoyillar 2007 yilda YuNESKO tomonidan yilda taklif qilingan. MAS axboriy va va mediasavodxonlik bilan bog'liq barcha ko'nikmalarni, shu jumladan raqamli yoki texnologik savodxonlikni qamrab oladi.
YuUNESKO o'z vakolati doirasida raqamli platformalarni tartibga solish, soxta axborot va adovat tili bilan kurashish, so'z erkinligi va inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha rahbariy tamoyillarni ishlab chiqish maqsadida global muloqotni boshladi.
Hukumatlar, tartibga soluvchi idoralar va raqamli kompaniyalar uchun davlatlarni so'z erkinligi hamda aniq va ishonchli axborot olish imkoniyati bilan ta'minlovchi raqamli platformalar uchun tamoyillarni va qoidalarni ishlab chiqishda qo'llab-quvvatlash uchun global rahbariy tamoyillarni ishlab chiqish mazkur yondashuvning muhim qismi hisoblanadi.
Axborot vositalarining taraqqiyoti ko'rsatkichlar besh toifasi bo'yicha baholanadi:

· so'z erkinligi, plyuralizm va axborot vositalarining xilma-xilligiga yordam beruvchi huquqiy tizim;

· teng "o'yin qoidalari", plyuralizm va axborot vositalarining xilma-xilligi, ularning egalari to'g'risida shaffof axborot;

· axborot vositalari demokratik muhokama uchun platforma sifatida;

· so'z erkinligi, plyuralizm va xilma-xillikni mustahkamlovchi institutlarning kasbiy salohiyatini oshirish va qo'llab-quvvatlash;

· mustaqil va plyuralistik axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash uchun munosib infratuzilma imkoniyatlari.
Har bir toifaga qator asosiy pozitsiyalar kiradi (ular, o'z navbatida, bir nechta kichik bandlarga bo'linadi). Masalan, 1-toifaga nisbatan (a) Qonunchilik-siyosiy muhiti; (b) axborot uzatishshning me'yoriy-huquqiy tizimi; (v) jurnalistlarga nisbatan diffamatsiya va boshqa huquqiy cheklovlar; (g) tsenzura. Ammo YuNESKO tomonidan taklif qilingan baholash tizimi mediamuhitning yaxlit manzarasini hosil qilishga imkon beradigan bo'lsa-da, bugungi kunda eng keng tarqalgan usul - bu umumlashtirilgan ko'rsatkichlar to'plami yordamida jarayonlar dinamikasini tadqiq etishni o'z ichiga olgan indekslash usuli.
Qanday mezonlar reytingning ishonchliligi haqida xulosa chiqarishga yordam beradi?

U yoki bu reytingga munosabatni shakllantirish uchun qator savollarga javob berish kerak. Mana shu maqsadda tuzilgan kichik chek varaqasi.

· Shaffoflik: Reytingni tuzish jarayoni ochiq va tushunarlimi? Qanday ma'lumotlar va usullardan foydalanilganligini osongina topish va tushunish mumkinmi?

· Mustaqillik: Reyting baholanayotgan subyektlar bilan manfaatlar to'qnashuvida bo'lmagan mustaqil tashkilot tomonidan tuzilganmi?

· Dolzarbligi: Reyting muntazam yangilanib turadimi? Baholanayotgan subyktlarning hozirgi holatini aks ettirish uchun reyting muntazam ravishda yangilanishi lozim.

· Obro': reyting agentligining obro'si ishonchlimi va bu sohada tajribasi qanday?

· Qiyosiyligi: reytinglar bir-biri bilan qiyoslanishi mumkinmi? Agar ikkita reyting bir xil subyektlarni baholasa, ularning natijalari o'xshash bo'lishi kerak.

Mazkur mezonlarning barchasiga rioya qilingan taqdirda ham, reytinglar baholash vositalaridan biri hisoblanadi va qaror qabul qilishda yagona mezon sifatida qollanilishi kerak emas.
"Chegarasiz muxbirlar" matbuot erkinligining 2022-yil uchun so'nggi reytingida O'zbekiston 133-o'rinni egalladi. Bu o'tgan yilga nisbatan 24 pog'onaga yuqori. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, bu o'zgarish reyting metodologiyasining yangilanishi bilan bog'liq. Mamlakatdagi OAV erkinligi bilan bog'liq vaziyat avvvalgidek "murakkab"deb baholangan. 2023-yilda mamlakat 137-o'rinni egallab, o'z mavqeini yomonlashtirdi.
Gazeta.uz yozishicha, O'zbekiston Freedom House nodavlat huquqlarni himoya qilish tashkilotining Internet erkinligi reytingida 70 dan 60-o'rinni egallab, 100 balldan 27 ball to'pladi. Hisobot 2021-yilning 1-iyunidan 2022-yilning 31-mayigacha olingan ma'lumotlar asosida tuzilgan. Shuningdek, u 31-maydan keyingi ba'zi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Reyting uchta omilni inobatga olgan holda tuziladi: Internetga kirishga to'sqinlik qilish, kontentni cheklash va foydalanuvchi huquqlarini buzish. Reytingdagi ball qanchalik past bo'lsa, mamlakatda Internetni tartibga solish shunchalik qat'iy hisoblanadi.
2022-yil 1-iyun - 2023-yil 31-may davridagi vaziyat tahlili natijalarning yuzdan 25 ballgacha yomonlashganini ko'rsatdi.
"VIBE 2022 Uzbekistan" hujjati - O'zbekiston axboriy muhitining tahlili. Tadqiqot AQShning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko'magida IREX tashkiloti tomonidan o'tkazildi. Hujjatda ta'kidlanishicha, tadqiqotning maqsadlari va xulosalari loyiha ishtirokchilari va tadqiqotchilarning fikrlarini aks ettiradi va USAID, AQSh hukumati yoki IREX tashkilotining nuqtai nazari bir xil bo'lishi shart emas. Asosiy e'tibor axborot sifati, matbuot erkinligi, axboriy kanallardan erkin foydalanish imkoniyatining mavjudligi va aholi o'rtasida mediasavodxonlik darajasini baholashga qaratilgan. Hujjatda telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash va Internet foydalanuvchilari sonining ko'payishi kabi ijobiy jihatlar, shuningdek, salbiy jihatlar, jumladan, medialar ustidan nazoratni kuchaytirish va so'z erkinligini cheklash ko'rib chiqiladi. Ta'kidlanishicha, islohotlar va'dalariga qaramay, mamlakatda mediaerkinlik va axborotdan erkin foydalanish bilan bog'liq bo'lgan haqiqiy vaziyat muammoli bo'lib qolmoqda.