Янгиликлар

Avzal Gaziev: Bizning media sohamizda qonun shunchaki harflardir

Bugungi kunda bloger bo'lish qanday, bu xavfsizmi va blog yuritishda qonunlarning o'rni qandayligi haqida biz faqat aqlli insonlar uchun intellektual - hazil-ma'rifiy-kinoyali kanal sifatida joylashtirilgan kanalning muallifi Avzal Gaziev bilan suhbatlashamiz.



O'zingiz haqingizda biroz gapirib bering, nega bloger bo'lishga qaror qildingiz?

Mutaxassisligim bo'yicha men moliyachiman, lekin bu o'tirib bajaradigan ish ekanligini angladim va hayot meni ijodga olib keldi.
Hammasi raqsdan boshlandi, keyinchalik- sketchlarda suratga tushdim va ko'pchilikka yoqadigan obrazni topdim va, afsuski, hozir Instagramda unchalik faol emasman. Telegram meni ko'proq jalb qiladi.


Xabarlar uchun mavzularni qayerdan olasiz? Qaysi mavzular ustuvor?

Kanaldagi postlarimning 90% - obunachilarimning mehnati. Ular menga kontentni yuborishadi, men kanalning xususiyatlariga mos keladigan eng kulgilisini tanlab olaman. Ustuvorlikda - o'z-o'zini istehzo qilish," ispancha uyat", krinj.


Kanalingiz haqida gapirib bersangiz. Uni yaratishda o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?

Kanal Internet yomon tarmog'idan boshlandi, telegram ijodkorlik uchun keng makon yaratdi. Hech qanday aniq maqsadlar yo'q va bo'lmagan, men bundan zavq olaman xolos. Ehtimol, vaqt o'tishi bilan mening sevimli mashg'ulotim kattaroq narsaga aylanar, lekin men bu haqida o'ylamayman.


Siz o'tkir ijtimoiy mavzularni ko'tarasizmi?

Agar siz chuqurroq qarasangiz, kanalim butunlay o'tkir ijtimoiy mavzulardan tashkil topgan. Krinjning barchasi ortida odobsizlik, ta'lim va dunyoqarashning etishmasligi yotadi. Va men bu haqda kulish va o'ylash imkoniyatini beraman. Yoshlar jiddiy kontentni yomon qabul qilishadi, bu yo'l bilan esa, tezroq va yaxshiroq yetib boradi.


Sizda ichki tsenzor bormi va Siz uchun qanday mavzular taqiqlangan?

Albatta, men nimani post qilish mumkin-u, nimani mumkin emasligiga juda mas'uliyat bilan yondashaman. Masalan, men hech qachon din, siyosat va natsizm mavzulariga til tekkizmayman.


Bloger bo'lish qanday ekanligi haqida gapirib bersangiz.

To'laqonli bloger bo'lish uchun bizga katta auditoriya kerak va, eng muhimi, - u to'lashga qodir bolishi lozim. Chunki blogerning asosiy daromadi - reklama. Bu hamma uchun tushunarli, ammo agar bloger katta auditoriyaga ega bo'lsa-yu, lekin u to'lashga qodir bo'lmasa, kelajakda bloger xizmatlarining narxini pasaytirishga olib keladi. Men boshqa blogerlar bilan ko'proq ishlayman, shuning uchun men bozorni sinchkovlik bilan o'rganib chiqdim va unda nima bo'layotganini bilaman, lekin bepul aytmayman. 😄.


Siz hech qachon postlaringiz qonuniymi, jamoatchilik e'tiroz bildirmasmikan, deb shubhalanmaganmisiz?

Postlarimdan shubhalanmaganman, chunki ular haqoratli yoki adovatli tabiatga ega bo'lmagan. Bu asosan kulgili kontent, shuning uchun kimdir meni tuhmat yoki haqorat qilishda ayblashi ehtimoli deyarli yoq.


Siz shaxsan boshqa blogerlarning qonuniy ekanligiga shubha qilgan postlarini uchratganmisiz?

Men tendentsiyalarni kuzatish uchun boshqa blogerlarning ko'plab kontentini ko'rib chiqaman. Va ha, uchragan. Masalan, taqiqlangan moddalarni ochiq namoyish etgan va bu bilan shug'ullanadigan  barchani mashara qilib, yozilgan postlar uchragan.


Legal clinik nima ekanligini bilasizmi?

Endi Siz menga ko'rsatib berganingizdan va aytib berganingizdan keyin bilaman.


Agar Siz media-huquqshunos bilan maslahatlashish, unga savollar berish imkoniyatiga ega bo'lsangiz, nima haqida so'rar edingiz?

Men, umuman olganda, o'z huquqlarimni va qonunlarni bilaman). Lekin biror muammo paydo bolsa, bunday imkoniyat borligidan xursandman.

Sizdan postlaringiz uchun "javob berish"ni so'rashganmi?

Bunday holatlar, albatta, bolgan.  Va bunda poytaxtning xususiy o'quv markazlaridan birinig vakili, aniqrogi, uning asoschilaridan biri tomonidan jazolash tahdidigacha juda qo'pol shaklda tahdidlar bo'lgan. Bu ham kulguli, ham qayg'uli.

Sizningcha, mediafaoliyatingizda qonun Sizga xavfsizlikni kafolatlaydimi?


Mediasohamizda qonun shunchaki harflardir. Agar Siz katta amakilarga sakrasangiz, u ishlaydi. Boshqa hollarda - katta ko'cha.


Sizning rejalaringiz qanday, kelajakda kanalingizni rivojlantirishni va uni ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tkazishni xohlaysizmi?

Yo'q, bizda ommaviy axborot vositalari juda kop va bu bosh og'rig'i va 90% hollarda quloqlarga lag'mon osish. Men yolg'on gaplarni yomon koraman. Men ko'proq ijobiylik tarafidaman.