O'zbekistonda trollar fabrikasi mavjudmi? Nikita Makarenko fikricha, mavjud va ular tez-tez jurnalist postlariga izoh qoldiradi...

22 iyun kuni bloger va faol Nikita Makarenko o’z Telegram-kanali va Facebookdagi sahifasida basseyn ochilishida Samarqand viloyati IIB xodimlarining hatti-harakatlari haqida post joyladi.

Postlar ko’plab foydalanuvchilar tomonidan ko’rildi va qizg’in muhokamalarga sabab bo’ldi. Izohlar orasida ochiq-oydin advatlga yo’g’rilganlari ham uchraydi. Blogerning fikricha, izohlarning aksariyati muayyan metodik qo’llanmalar asosida trollar fabrikasi tomonidan yozilgan.