Янгиликлар

Axborot olish: OAVga taqdim etish muddatlari, shartlari

O‘zbekistonda axborot olish erkinligi bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
OAVning davlat organlari faoliyati haqida axborot olishi axborotni taqdim etishga so‘rov berish, axborotning ochiqligi prinsiplarini amalga oshirish, yig‘ilish va majlislarda qatnashish huquqidan foydalanish va boshqalar orqali ta’minlanadi.
Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘zlarining faoliyatlari ochiqligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida akkreditatsiyadan o‘tkazishlari mumkin.  
Davlathokimiyativaboshqaruviorganlariommaviyaxborotvositalariningo‘zlariakkreditatsiyadano‘tkazganvakillarinio‘tkazilayotgantadbirlardanoldindanxabardorqiladihamdaulargao‘zlariningkasbmajburiyatlarinibajarishlaridayordamko‘rsatishadi.
Akkreditatsiyaqilinganommaviyaxborotvositalarivakillariquyidagihuquqlargaegabo‘ladi:
bo‘libo‘tadiganochiqHay’atyig‘ilishlarivaboshqaommaviytadbirlarhaqidaoldindanaxborotolish;
akkreditatsiyadan o‘tkazgan organ tomonidan o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazgan organning bino (inshoot) va boshqa obyektlariga kirish;
ochiq hay’at yig‘ilishlari va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
akkreditatsiyadan o‘tkazgan organning mas’ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so‘rash va olish, ommaviy tadbirlarga oid qaydlar bilan tanishish va ulardan nusxa olish;
olingan qayd va yozuvlardan ommaviy axborot vositasi uchun materiallar tayyorlashda foydalanish. Ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati haqidagi qanday axborotlarni olishda cheklovlar mavjud?
Davlat organlari faoliyati haqidagi axborot ochiq axborotlar sirasiga kiradi, ulardan foydalanishni cheklash mumkin emas, huquq-tartibot va sud organlari bundan mustasno.
Davlat sirlari va maxfiy axborotlar foydalanish cheklab qo‘yilgan axborotni tashkil etadi va ular sirasiga quyidagilar kiradi:
davlat sirlari (davlat, harbiy, xizmat siri)
jismoniy shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlar (ЗаконРУз «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 99 va 100-moddalari, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-modda ikkinchi qismi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respubliksi Qonunining 13-modda ikkinchi qismi)
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining mijozlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
kasbiysirlar:
bank siri ( «Bank siri to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi).
soliq siri (O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 76-moddasi)
shifokorlik siri («Fuqarolar sog‘lig‘ini mihofaza qilsih to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasi)
advokatlik siri («Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasi)
notarial harakatlar siri («Notariat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi)
sug‘urta siri («Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 26-moddasi)
vasiyat siri (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1128-moddasi)
farzandlikka olish siri (O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 153-moddasi, sirni noqonuniy oshkor qilganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 125-moddasida nazarda tutilgan)
tijorat siri («Tijorat siri to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)
yuridik konsultantlar tashkilotlari tomonidan yuridik xizmatlar ko‘rsatish jarayonida olingan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi (VMning 2018-yil 17-avgustdagi 675-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida Nizom»)
patent berish to‘g‘risidagi arizalarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-modda 7-qismi) Foydalanish cheklangan axborot

Davlat hokimiyatining barcha organlari axborot taqdim etish haqidagi so‘rovlarga belgilangan muddatlarda javob qaytarishlari kerak. Axborot olish huquqini amalga oshirishning asosiy shakli davlat organlarining axborotni e’lon qilish majburiyati va jurnalistlar hamda fuqarolarning axborotni taqdim etishni so‘rash huquqi hisoblanadi. Murojaat og‘zaki, yozma, Internet platformalari yormadida berilishi mumkin.
Jurnalistlarning so‘rovlariga rasmiy javob qaytarishdan bosh tortgan davlat organlariga nisbatan qanday choralar ko‘rilishi mumkin?
OAV so‘rovlariga javob qaytarish muddatlarini buzganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jazo choralari nazarda tutilmagan. Bundan ko‘rinadiki, yagona chora yuqori turuvchi davlat organi yoki prokuratura organlariga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talabi buzilganligi haqida shikoyat arizasi bilan murojaat qilish hisoblanadi. 
Axborot taqdim etish haqidagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddatlari
Axborot foydalanuvchisining so‘rovi ro‘yxatga olingan kunidan boshlab 15 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi kerak.   
Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organi faoliyati haqida axborot olish, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyularini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi kerak.   
Axborotfoydalanuvchisiningso‘roviniko‘ribchiqishdavlathokimiyativaboshqaruviorganivakolatigakirmasa, so‘rovnomaro‘yxatgaolingankunidanboshlabuchishkuniichidaso‘ralayotganma’lumotnitaqdimetishvakolatigakiradiganorgangajo‘natiladivaaxborotningfoydalanuvchisibuhaqdaxabardorqilinadi.  
Rasmiynashrlarda, ommaviyaxborotvositalaridae’lonqilingan (chopetilgan) yokirasmiyveb-saytlardajoylashtirilganaxborotso‘ralganida, davlathokimiyativaboshqaruviorganiso‘rovnomagajavobanso‘ralayotganaxborote’lonqilingan (chopetilgan) rasmiynashrning, ommaviyaxborotvositasiningnomini, chiqqansanasivaraqaminiva (yoki) so‘ralayotganaxborotjoylashtirilganrasmiyveb-saytningelektronmanziliko‘rsatilganjavobyo‘llashimumkin.   
Agardavlathokimiyativaboshqaruviorganlariolinganso‘rovnomabo‘yichaboshqadavlathokimiyativaboshqaruviorganlariningvakolatlarihaqidama’lumotgaegabo‘lmasa, so‘rovnomaro‘yxatgaolingansanadanboshlabuchishkuniichidaaxborotningfoydalanuvchisigategishlijavobyuboriladi.  
So‘rovnomaradetilganidaaxborotningfoydalanuvchisigaasoslanganjavobqaytariladi. («Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonunning 19-moddasi).
So‘rovnoma olingani qanday tasdiqlanadi?
Bu xat qanday usulda yuborilganiga bog‘liq bo‘ladi. Agar electron pochta orqali jo‘natilgan bo‘lsa, xat jo‘natilgan oynani skrinshot qilish, yoki pochta mijozining sozlamalarida xabar o‘qilgani haqidagi bildirishnoma olinishini sozlab qo‘yish mumkin.
Agar murojaat davlat organining axborot tizimi orqali jo‘natilgan bo‘lsa, odatda tizim jo‘natilgandan keyin murojaatingizning o‘ziga xos kodini beradi.

Blogerlar axborot berishni so‘rab davlat organlariga murojaat etishi mumkinmi?
Har qanday shaxs davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga axborot berilishini so‘rab murojaat qilishi mumkin. Ushbu huquq bir nechta qonunlarda, jumladan «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 – 20-moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan, javob taqdim etish muddatlarigina farqlanishi mumkin xolos.