Hozirgi paytda yagona global indeks, dezinformatsiya darajasini o‘lchash mavjud emas, shu sababli soxta axborotning tarqalish darajasini baholash va uni raqamlarda ifodalash, shuningdek, ushbu darajadagi tebranishlarni kuzatishning ilojisi yo‘q. Mazkur muammoni monitoring qilish va tahlil qilish bo‘yicha mintaqaviy va mavzuviy tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Soxta axborotga qarshi kurashishning samarali usullari, birinchi navbatda, jamoatchilik bilan hamkorlik qilish va aholining media- va axboriy savodxonligini oshirish, sozta axborotga qarshi tura oladigan barqaror jamiyatni yaratish, ishonchli axborotni tarqatish va yolg’on da’volarni rad etishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sozta axborotning tarqalish sabablari va oqibatlarini tushunishga yordam berish, shu bilan birga raqamli makonda dalillarni tekshirish mahoratini oshirish muhimdir. Ko‘pgina mutaxassislar axboriy muhitini monitoring qilish va tashkilot bilan bog‘liq axborotni tahlil qilish, soxta axborot manbalarini aniqlash va adovat narrativlarini tahlil qilish muhimligini ta’kidlaydilar. Bu shaxsiy ommaviy xabarlar samaradorligini baholashga imkon beradi.
Axborotni soddalashtirib taqdim etish orqali foydalanuvchilarning imkon qadar katta auditoriyasini qamrab olish maqsadida feyklarni rad etish bilan birga memlar, demotivatorlar, qisqa videoroliklar kabi ommabop formatlarning axboriy maydonga kiritilishi soxta ma’lumotlarning tarqalishiga to‘sqinlik qiladi.
Soxta axborotga qarshi samarali kurashadigan asosiy xalqaro tashkilotlarga Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) kiradi. BMT bosh kotibi António Guterrish davlatlarni mediasavodxonlikni oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga va jamiyatning axboriy tahdidlariga barqarorligini mustahkamlashga sarmoya kiritishga chaqirmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ilmiy dalillarga asoslangan ishonchli ma’lumotlarni tarqatadi va soxta axboriy afsonalarining, ayniqsa COVID-19 pandemiyasi kontekstida tarqalishiga qarshi turadi. Xalqaro kommunikatsiyani rivojlantirish dasturi Byurosi orqali YuNESKO Afrika, Hindiston va Karib basseynida soxta axborotga kurashish bo’yicha qator tashabbuslarni ishga tushurdi. Evropadagi xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha tashkilot (EXHT) davlatlararo forumlarda soxta axborotning zararli ta’sirini cheklash va OAVga voqealarni xolis yoritish imkoniyatini berish g‘oyalarini muhokama qiladi.
Soxta axborotni monitoring va tahlil qilish uchun quyidagi texnologiyalar qo’llaniladi:
1. Soxta axborot manbalarini aniqlash va adovat narrativlarini tahlil qilish maqsadida tashkilot bilan bog’liq axborotni muntazam monitoring va tahlil qilish. Bu shaxsiy ommaviy xabarl samaradorligini baholashga imkon beradi.
2. Xabarlarni rejalashtirish va uzatish, shuningdek, axboriy tahdidlarga javobni shakllantirish uchun ommaviy ma’lumotlardan foydalanishga qaratilgan malakali mutaxassislar, takrorlanadigan jarayonlar va texnologiyalardan foydalanish.
3. Axboriy muhitni tushunishni mukammallashtirish uchun OAVni muntazam monitoring va tahlil qilish.
4. Nashrlar mavzuviy narrativlarini tahlil qilish, targ’ibot, soxta axborot va manipulyatsiyalarni aniqlash, ularning mavjudligi belgilarini kuzatish. Targ‘ibot, soxta axborot va manipulyatsiyaning mavjudligi har doim jurnalistikaning bir yoki bir nechta standartlarini buzish bilan bog’liq.
5. Soxta axborotga qarshi notijorat Poynter institutining faktlarni tekshirish (fact-checking) texnologiyalari kabi axboriy-tahliliy usullardan foydalanish. Bu insonlarga soxta axborotni aniqlash va yo’q qilishga yordam beradi.