Yangiliklar

Dezinformatsiya va axborot xavfsizligi

Raqamli huquqlar sohasidagi muhim tadqiqotlarga bag‘ishlangan turkum materiallarimizni davom ettirgan holda, ushbu qismda dezinformatsiya, axborot manipulyatsiyalari, media iste’moli hamda jamiyatning raqamli tahdidlarga nisbatan chidamliligini tahlil qilishga yordam beradigan eng nufuzli xalqaro resurslarni jamladik.

Raqamli yangiliklar hisoboti - Digital News Report (Reuters Institute for the Study of Journalism)
https://www.digitalnewsreport.org
Tadqiqot Oksford universiteti qoshidagi Reuters jurnalistika instituti tomonidan chop etilmoqda. Hisobotda turli mamlakatlarda media iste’moli, yangiliklarga bo‘lgan ishonch darajasi va dezinformatsiyaning tarqalishi tahlil qilingan.

Dezinformatsiya ma’lumotlar bazasi - EUvsDisinfo (East StratCom Task Force, Yevropa tashqi harakatlar xizmati)
https://euvsdisinfo.eu
Platforma Yevropa Ittifoqining Yevropa tashqi harakatlar xizmati qoshidagi East StratCom Task Force tomonidan yaratilgan. U dezinformatsiya kampaniyalari namunalarini to‘playdi va axborot manipulyatsiyalarini tahlil qiladi.

Dezinformatsiya tadqiqotlari - First Draft Research (First Draft)
https://firstdraftnews.org
Materiallarni internetda axborot manipulyatsiyasi va soxta xabarlar tarqalishini o‘rganishga ixtisoslashgan First Draft tadqiqot tashkiloti e’lon qilmoqda.

Hisoblash targ‘iboti tadqiqoti - Computational Propaganda Project (Oxford Internet Institute)
https://comprop.jiy.ox.ac.uk
Loyiha Oksford universiteti qoshidagi Oxford Internet Institute tomonidan amalga oshirilmoqda. Tadqiqot siyosiy axborot kampaniyalarida botlar, algoritmlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni tahlil qiladi.

Strategik kommunikatsiyalar tadqiqotlari - Strategic Communications Centre of Excellence (NATO)
https://stratcomcoe.org
Tadqiqotlarni NATO Strategik kommunikatsiyalar markazi e’lon qiladi. Tashkilot targ‘ibot, axborot operatsiyalari va gibrid tahdidlarni o‘rganadi.

Dezinformatsiya indeksi - Global Disinformation Index (GDI)
https://www.disinformationindex.org
Tadqiqot dezinformatsiyaning tarqalishi va uning raqamli reklama bozoriga ta’sirini tahlil qiluvchi Global Disinformation Index xalqaro tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.

Jurnalistika tadqiqotlari - Journalism Research (Pew Research Center)
https://www.pewresearch.org/journalism
Jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari va raqamli texnologiyalar bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan Amerikaning Pew Research Center tahliliy markazi tomonidan chop etiladi.

Mediasavodxonlik tadqiqotlari — Media and Information Literacy Research (UNESCO)
https://www.unesco.org/en/media-information-literacy
Tadqiqotlarni BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan agentligi UNESCO olib boradi. Materiallar mediasavodxonlik va dezinformatsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan.

Raqamli kriminalistika laboratoriyasi - Digital Forensic Research Lab (Atlantic Council)
https://www.atlanticcouncil.org/programs/digital-forensic-research-lab
Tadqiqotlar Atlantic Council xalqaro tahliliy markazi tomonidan e’lon qilinadi. Laboratoriya axborot operatsiyalari va raqamli ta’sir kampaniyalarini tahlil qiladi.

Yevropa raqamli media observatoriyasi - European Digital Media Observatory (EDMO)
https://edmo.eu
Platforma Yevropa Komissiyasi tomonidan raqamli mediadagi dezinformatsiyani o‘rganish va monitoring qilish uchun yaratilgan.
“Uzbekistan Digital Rights Media Initiative” (UDRMI) loyihasi Yevropa Ittifoqi (YI) moliyaviy ko‘magida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
2026-07-24 13:01