Raqamli iz— raqamli texnologiyalar bilan o‘zaro ta’sirimizdan keyin qolgan onlayn faoliyatimizning yozuvi. Raqamli iz veb-saytlarga tashrif buyurish, yuborilgan elektron xatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, layklar va repostlarni o‘z ichiga oladi.
Internetdagi har bir harakat iz qoldiradi. Har yili foydalanuvchining raqamli izi hajmdor bo’lib bormoqda, uning qiziqishlari, kasbiy hayoti va boshqalar haqida to’liq tasavvurga ega bo‘lishga imkon beradi. Raqamli iz internetdan foydalanish natijasida yuzaga keladi. Foydalanuvchi haqida ma’lumot saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar tomonidan to’planadi.
Foydalanuvchining har qanday harakati iz qoldiradi:
1. Veb-sahifalarni ko‘rish: har safar foydalanuvchi saytga tashrif buyurganida, ushbu tashrif haqidagi axborot saqlanib qolishi mumkin. Bunga IP-manzil, sahifalar va saytda sarflangan vaqt kiradi.
2. Ijtimoiy tarmoqlar: shaxsiy chatlardagi postlar, layklar, sharhlar va hatto yozishmalar ijtimoiy tarmoqlardagi raqamli izimizni yaratadi.
3. Elektron pochta: yuborilgan yoki qabul qilingan har bir elektron xat raqamli iznng bir qismidir.
4. Tezkor xabar almashish xizmatlari (messenjerlar): xabar almashish, raqamli fayllarni yo’naltirish, ommaviy guruhlarni yaratish
5. Mobil ilovalardan foydalanish: smartfonlardagi ilovalar foydalanuvchining faoliyati, joylashuvi va boshqa ma’lumotlarini kuzatishi mumkin.
6. Onlayn-xaridlar: Marketplacedagi xaridlar tarixi, kredit karta ma’lumotlari va yetkazib berish manzillari elektron tijorat dunyosida raqamli iz yaratadi.
Raqamli iz ataylab yaratilishi mumkin. Masalan, obro‘-e’tiborni targ‘ib qilish va boshqarish (PR), xizmatlarni reklama qilish. Bu boshqariladigan jarayon bo‘lib, unda foydalanuvchi ma’lum bir maqsadda o‘zi haqida ma’lumot joylashtiradi.
Raqamli iz WhatsApp va Telegram kabi messenjerlarda yaratiladi. Platformalar muloqot va axborot almashinuvi uchun keng qo‘llaniladi va har bir foydalanuvchi raqamli makonda iz qoldiradi, masalan: Xabarlar va chatlar: messenjer barcha chatlaringiz tarixini, shu jumladan, shaxsiy va guruhdagi suhbatlaringizni saqlaydi. Ushbu ma’lumotlar bulutli serverlarda saqlanadi.
Kontaktlar va guruhlar: Kontaktlar va guruhlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi axborot ham raqamli izning bir qismidir. Mediafayllar va hujjatlar: Yuborilgan va qabul qilingan barcha mediafayllar va hujjatlar iz qoldiradi va ularga chat tarixi orqali kirish mumkin.
Joylashuv: Agar joylashuvingizni messenjer orqali baham ko’rsangiz, bu axborot ham qayd etiladi va saqlanadi.
Kanallar va botlar: Kanallarda ishtirok etish va botlar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lish ham raqamli izingizning bir qismidir. Zamonaviy dunyoda har bir inson raqamli xizmatlarning foydalanuvchisidir. Bu raqamlashtirish bilan belgilanadigan ehtiyoj. Raqamli iz foydalanuvchilarning huquqlari va manfaatlariga ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Raqamli iz bugungi dunyoda hayotimizning muhim qismidir va uni boshqarish tobora dolzarblashmoqda. Uning qanday paydo bo‘lishi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushunish onlayn faoliyatimizni yaxshiroq nazorat qilish va shaxsiy axborotimizni himoya qilish imkonini beradi.
Foydalanuvchi uchun imtiyozlar:
1. Shaxslantirish: Raqamli iz shaxslantirilgan takliflar va xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. Masalan, YouTube yoki Netflixdagi tavsiyalar foydalanuvchining oldingi ko‘rishlari tarixiga asoslangan.
2. Obro‘-e’tiborni boshqarish: Maqolalar, maqsadli nashrlar yordamida foydalanuvchilar internetda ular haqida mavjud bo‘lgan axborotni faol boshqarish orqali o‘zlarining onlayn obro‘larini nazorat qilishlari mumkin.
3. Shaxsiy brend: Raqamli izni yaratish va saqlash foydalanuvchilarga shaxsiy brendni rivojlantirish va targ‘ib qilishda yordam beradi. Bu professionallar, frilanserlar va tadbirkorlar uchun ko‘rinish va obro‘ni oshirishning asosiy vositasidir.
4. Xizmatlarni takomillashtirish: foydalanuvchilarning raqamli izlarini tahlil qilish kompaniyalarga foydalanuvchilarning xatti-harakatlari va afzalliklari asosida o‘z mahsulotlari va xizmatlarini yaxshilashga yordam beradi.
Foydalanuvchi uchun xavflar:
1. Maxfiylik: Raqamli iz shaxsiy axborotdan noqonuniy foydalanishga olib kelishi mumkin. Katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarning to’planishi va saqlanishi ushbu ma’lumotlarning foydalanuvchining ixtiyorisiz yoki roziligisiz tashqariga chiqib ketishi va ulardan foydalanish xavfini tug’diradi.
2. Raqamli dosye: Kompaniyalar va xizmatlar maqsadliroq va shaxslantirilgan xizmatlarni taqdim etish uchun raqamli iz orqali foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘playdi. To‘plangan ma‘lumotlar foydalanuvchilarning xatti-harakatlari va qiziqishlarini tushunish uchun tahlil qilinadi, bu esa, kompaniyalarga mos mahsulot va xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi.
3. Obro‘-e’tibor xatarlari: Raqamli izimizga beparvolik bilan munosabatda bo‘lish obro’imizga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, ehtomoliy ish beruvchilar tomonidan eski noo‘rin nashrlar aniqlanishi mumkin.
4. Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash: Raqamli iz shaxsiy ma’lumotlardan iborat. Shaxsiy ma’lumotlarga shaxsni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’lumotlar, masalan, ism, manzil, telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar kiradi.
Raqamli izni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar:
1. Maxfiylik sozlamalaridan foydalaning: Ko‘pgina ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-xizmatlar ma’lumotlaringizni kim ko’rishini boshqarish imkonini beruvchi maxfiylik sozlamalariga ega. Ularni faqat ishonchli shaxslar ma’lumotlaringizga kirishi mumkin qilib sozlang.
2. Brauzer tarixi va Cookie-fayllarini muntazam ravishda tozalab turing: Bu internetda bo‘lganingizdan keyin qolgan ma’lumotlar miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Internetdagi faoliyatingiz izlarini imkon qadar kamaytirish uchun inkognito yoki shaxsiy tartibdan foydalaning.
3. Shaxsiy axborot bilan ehtiyot bo’ling: Telefon raqamlari, manzillar, bank kartalari ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni Internetda tarqatmang.
Ijtimoiy tarmoqlarda maxfiylik va shaxs huquqlarini himoya qilish muammosi asosiy tahdid sifatida qaraladi. BMT Bosh Assambleyasining a/RES/68/167 A/RES/68/167 rezolyutsiyasi a’zo davlatlarni chaqiradi:
Hujjat raqamli texnologiyalar sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligiga huquqni himoya qilish ahamiyatini ta’kidlaydi. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlar, shaxsiy hayot va nomulkiy huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik amal qiladi. Shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy to‘plash va qayta ishlash, shaxsiy hayot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun ma‘muriy va jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan.

- • maxfiylik huquqini, ayniqsa raqamli texnologiyalar va aloqa sharoitida hurmat qilishga va himoya qilishga;
- • mazkur huquqlarning buzilishiga barham berish uchun choralarni ko‘rishga va bunday buzilishlarning oldini olish uchun, shu jumladan, unga tegishli milliy qonunchilik inson huquqlari xalqaro huquqi bo‘yicha xalqaro majburiyatlariga mos kelishini ta’minlash orqali sharoitlarni yaratish;
- • xalqaro inson huquqi bo’yicha barcha majburiyatlarini to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash orqali shaxsiy hayotga daxlsizlik huquqini himoya qilish maqsadida xabarlarni kuzatish, ularni ushlab qolish va shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, shu jumladan, ommaviy kuzatuv, ushlab qolish va yig‘ish bilan bog‘liq tartib-qoidalar, amaliyotlar va qonunchilik tashhisini o‘tkazish;
- • tegishli holatlarda transparentlikni va davlatlarning xabarlarni kuzatishga, ularni ushlab qolishga va shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashga nisbatan hisobdorlikni ta’minlashga qodir yangi mexanizmlarni ta’sis etish yoki mavjud mustaqil, samarali ichki nazorat mexanizmlaridan foydalanishda davom etish.