Янгиликлар

«Tashlab qo‘yish» nima hamda bu hold anima qilish kerak

7-avgustkuniInternetdavideotarqaldi. TasvirgaolinganodamlarningkimliginianiqlashimkoninibermaydiganmasofadanToshkentshahridagiko‘pqavatliuyningbalkonidaishqiymunosabatsahnasiolinganedi. Videodagierkakvaayolningkimliginianiqlabbo‘lmaydi. Videogayozilgantagso‘zdavideorolikdagiayolgo‘yokiFeruzaNajmiddinovaekaniaytilgan.
NashrtahririyatiijtimoiytarmoqlargaushbuvideoningchiqarilishiniNajmiddinovaningkasbiyfaoliyatibilanbog‘laydi. Birkunoldin, 6-avgustdaToshkentdagiqahvaxonavarestoranlarMaxsuskomissiyatomonidano‘rnatilgankarantinqoidalarigazidravishdasoat 20:00 dankeyinhamishlabturgan, xattosoat 22:00 dankeyinhambuyurtmaolgan, journalistesao‘zreportajidashuhaqdaso‘zyuritgan.

Ma’lumotuchun
Tashlabqo‘yish – birorbirhujjatlaryokiaxborotnikutilmagandaoshkorqilish
Ochiq-oshkoravatajovuzkortarg‘ibottoifasigamansubchora-tadbirlarjamlanmasihamtashlabqo‘yishgamisolbo‘laoladi.
Qalampir.uz Internet nashri mijaro yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
«Bugun biz istalgan odamni “shes sekund”da sharmanda qilish, uning ustidan istalgan vaqtda mag‘zava ag‘darib, tomosha qilib turish, obro‘sizlantirish va shu yo‘sinda alam olish oson bo‘lgan davrda yashayapmiz. Feruza Najmiddinova ekan deb tuhmat qilinayotgan videoda ayolning yuzidan uning kimligini tanib olish mumkin emas. Va ushbu videoga istalgan ayolning, aytaylik, amaldor ayollarning yoki amaldorlarning qizi, jiyani, ayoli suratini ham qo‘yib, “shunaqa ish bo‘libdi”, deb tarqatish mumkin va bu haqiqat bo‘lolmaydi. Ammo ayrim qabih niyatdagi kimsalar bir oilaning bekasi, jamiyatda va ishida o‘z obro‘-e’tiboriga ega bo‘lgan ayolga tuhmat qilish orqali, “loyni shunday otginki, o‘zi ketsa ham, izi qoladi” qabilida ish tutmoqchi bo‘lishdi. Lekin ular maqsadlariga yeta olmadilar. Xalq o‘z qahramonlarini yaxshi taniydi va ularni “shes sekund”da sharmanda qilish mumkin emas. 
Mazkur holat jinsidan qat’i nazar istalgan jurnalist bilan ro‘y berishi, ularning sha’ni ham ana shunday toptalishi mumkinligini inobatga olsak, O‘zbekistonda jurnalistlarning daxlsizligi masalasi yanada dolzarb bo‘lib borayotganini fahmlaymiz va QALAMPIR.UZ Bosh muharriri o‘rinbosari Feruza Najmiddinova bilan bog‘liq vaziyat buning yaqqol isbotidir», - deyiladi tahririyat bayonotida.
JurnalistlarijodiyuyushmasiraisiOlimjonO‘sarovvodeorolikmuallifibilansuhbatlashishgamuvaffaqbo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Yangi Olmazor ko‘chasidagi uylardan birida yashovchi fuqaro M.P. xonadoniga qarama-qarshi uyning ochiq balkonida sodir bo‘lgan ishqiy munosabat holatini videoga va fotosuratga oladi, so‘ngra yozuvlarni Olmazor Sity kompleksi qo‘riqchisiga tashlab beradi, u esa o‘z navbatida uni profilaktika inspektoriga yuboradi.
Videomateriallar axloqsizlik holatinin g oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralariga taqdim etish uchun tasvirga olingan. Ammo roliklar uchinchi shaxslarning qo‘liga tushadi va ulardan journalist ayolni obro‘sizlantirish uchun foydalaniladi.
IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov uyning balkonidagi juftlik xorijlik er-xotin bo‘lganligini ma’lum qildi. Ular Toshkentda biznes bilan shug‘ullanishadi va xonadonni ijaraga olishgan. Juftlik rasmiy nikohdan o‘tgan, ularning ikki nafar farzandlari bor, deb qo‘shimcha qildi idora vakili.
«Ular tomonidan qonunbuzarlik sodir etilgani aniqlanmadi. Ushbu oilaning shaxsiy hayotiga oid videorolikning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishiga sababchi bo‘lgan fuqaroning xatti-harakatiga huquqiy baho beriladi», - deyiladi IIV vakilining bayonotida.
Hozirgi vaqtda journalist ayolni obro‘sizlantirishga uringan shaxslarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. IIV matbuot kotibi Jinoyat Kodeksining 139-moddasining 3-qismi «а» bandi (g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuxmat qilish) va 1412-moddasining 2-qismi «в» bandi (Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa)
Vaziyatga Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot munosabat bildirib, o‘zining Twitterdagi sahifasida shunday yozdi va #Men_Feruzaman degan xeshteg qoldirdi:
«Biz QalampirUz jurnalisti Feruza Najmiddinovaga nisbatan amalga oshirilgan xatti-harakatni keskin qoralaymiz. Bunday qilmishlarni oqlab bo‘lmaydi. Ushbu holat keng muhokamalarga sabab bo‘lgani bizni quvontiradi». 

Mass-media fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva videomurojaat qoldirib, ayol jurnalistlar va blogerlarni dadil bo‘lishga chaqirdi. «Shantajvatuxmatsiznisindirishigayo‘lqo‘ymang! Men siz bilanman!» - dedi u.

Prezidentning matbuot kotibi Sherzod asadov dushanba kungi brifingda ushbu vaziyatga munosabat bildirib shunday dedi: «Bunday xatti-harakatlarning davlatimiz rahbari: «Qo‘rqmanglar, ortlaringda men turibman», degan jurnalistlarga nisbatan sodir etilayotgani ayniqsa jiddiy tashvish uyg‘otadi».

Komil Allamjonov tarmoq orqali tashkil etilgan tuxmatni «jurnalistlarga bosim o‘tkazishning ewng jirkanch usullaridan biri», - deb atadi. «Nojo‘ya yoki noqonuniy xatti-harakatlari journalist surishtiruvi nishoni bo‘lgan kimsalar odatda shu usuldan foydalanadilar».

«Feruza, bizsizbilanmiz! Biz siz tomonmiz!», - dedi Tanzila Norboyeva. U vaziyatni «Nafaqat Jurnalistlik faoliyati bilan bog‘liq huquqlari, balki bazaviy inson huquqlarining ham buzilishi», - deb atadi.

Ombudsman Feruza Eshmatovaning bayonotida shunday deyiladi: «Inson huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash doirasida odamlarning muammolarini tanqidiy va tahliliy ruhda ko‘tarib chiqayotgan jasur jurnalistning og‘zini yopishga qaratilgan bunday xatti-harakatlar qonun meyorlariga mutlaqo ziddir».

«Yuksalish» Umummilliy harakati ham journalist ayolga tuxmat qilish va uni obro‘sizlantirishga qaratilgan xatti-harakat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yo QALAMPIR.UZ internet-nashri bosh muharriri o‘rinbosari Feruza Najmiddinova deyilayotgan provokatsion va tuhmat xarakterga ega videoning qasddan tarqatilishi huquq va ahloq normalariga, davlat rahbarining so‘z erkinligini ta’minlashga va ommaviy axborot vositalari vakillarining kasbiy faoliyatini himoya qilishga qaratilgan siyosatiga zid.
OAV vakillari islohotlar mazmun-mohiyatini, jamiyatda mavjud muammolar va kamchiliklarni yoritishga, axborotlarni voqea joyidan xolis uzatishga, o‘z jurnalistik tekshiruvlarini o‘tkazishga va samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga intilib kelayapti. Ayrimlar OAVga turli “usullar” bilan bosim o‘tkazishga, tahdid qilishga, ba’zan bo‘hton, yolg‘onlardan foydalanishga harakat qilish holatlari uchramoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda OAV sohasida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Jurnalistlar va blogerlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi haqida bir necha bor yuqori minbardan ta’kidlandi. So‘z erkinligi va ochiqlik islohotlar kun tartibining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’lon qilingan O‘zbekistonda, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga noqonuniy aralashish, jurnalist, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish mumkin emas!», deyiladi harakatning bayonotida.

Klinika yuristi Madina Tursunovaning izohi.
Rolikning tavsifida aniq shxs ko‘rsatib o‘tilgan, shuning uchun uni tuxmat - g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda obro‘ni to‘kuvchi axborotni tarqatish sifatida tasniflash mumkin. Agar siz tuxmatga duch kelsangiz, IIV ushbu rolikni – manbani tarqatgan shaxslarni topishi uchun ariza berishingiz shart. Agar roliklar OAVda e’lon qilingan bo‘lsa, raddiy berish va materialni o‘chirib tashlashni talab qilish zarur, yo‘qsa sudga merojaat qilish kerak.

Amalda tuxmatda «tashlab qo‘yish»da ishtirok etgan barcha (kanallar, ijtimoiy tarmoqlar) aybdor bo‘ladi, birlamchi manbadan boshlab, hammani jinoiy javobgarlikka tortish va fuqarolik sudi orqali zararni qoplsb berishni talab qilish mumkin.  

Agar siz tuxmatli «tashlab qo‘yish» qurboni bo‘lsangiz nima qilish kerak?

1-qadam. «Tashlabqo‘yilgan» materiallarninghammasi – skrinshotlar, fayllarnusxalari, ularnitarqatayotganlarhaqidama’lumotlarniqaydetibqo‘yish. 
2-qadam. Yuquq-tartibot idoralariga tuxmat haqida ariza berish.  
3-qadam. «Tashlab qo‘yilgan» materiallarni o‘chirib tashlash va raddiya berishni talab qilish.   
4-qadam. Obro‘ va sha’nga putur yetkazuvchi ma’lumotlarni tarqatayotganlardan moddiy va ma’naviy zararni undirib berishni so‘rab sudga murojaat qilish.