Identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya
Har kuni biz turli tizimlarda identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiyadan o'tamiz, lekin aslida ushbu atamalar nima anglatishini bilamizmi?
Ta'riflarini ko'rib chiqaylik!
Identifikatsiya - uni bajarish natijasida identifikatsiya subyekti uchun uni bu tizimda aniqlaydigan identifikator belgilanadigan amaliyot.
Autentifikatsiya - haqiqatga muvofiqlikni tekshirish amaliyoti. Masalan, foydalanuvchi kiritgan parolni ma'lumotlar bazasiga kiritilgan parolga muvofiqligini tekshirish.
Avtorizatsiya - ma'lum shaxsga muayyan amaliyotlarni bajarish huqiqini berish.
Quyigadi misolga batafsil ko'ramiz: siz ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingizga kirmoqchisiz
1. Ijtimoiy tarmoq login kiritishni so'rayapti, siz uni kirityapsiz, tizim uni mavjud deb beradi — bu identifikatsiya. 2. Endi parolni kiritish kerak, siz uni kirityapsiz, parollar muvofiqligi tufayli tizim sizni haqiqiy foydalanuvchi deb topyapti — bu autentifikatsiya. 3. Tizim sizga xabarlar lentasini ko'rish va foto yuklash huquqini berdi — bu avtorizatsiya.