Янгиликлар

Identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya

Har kuni biz turli tizimlarda identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiyadan o'tamiz, lekin aslida ushbu atamalar nima anglatishini bilamizmi? 

Ta'riflarini ko'rib chiqaylik! 

Identifikatsiya - uni bajarish natijasida identifikatsiya subyekti uchun uni bu tizimda aniqlaydigan identifikator belgilanadigan amaliyot. 

Autentifikatsiya - haqiqatga muvofiqlikni tekshirish amaliyoti. Masalan, foydalanuvchi kiritgan parolni ma'lumotlar bazasiga kiritilgan parolga muvofiqligini tekshirish. 

Avtorizatsiya - ma'lum shaxsga muayyan amaliyotlarni bajarish huqiqini berish. 

Quyigadi misolga batafsil ko'ramiz: siz ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingizga kirmoqchisiz 

1. Ijtimoiy tarmoq login kiritishni so'rayapti, siz uni kirityapsiz, tizim uni mavjud deb beradi — bu identifikatsiya. 
2. Endi parolni kiritish kerak, siz uni kirityapsiz, parollar muvofiqligi tufayli tizim sizni haqiqiy foydalanuvchi deb topyapti — bu autentifikatsiya. 
3. Tizim sizga xabarlar lentasini ko'rish va foto yuklash huquqini berdi — bu avtorizatsiya.