Янгиликлар

Human.uz : Ularning hech biri bilan bog’lanib bo’lmayapti

Human.uz Telegram-kanali xabar berishicha, bugun, 27 yanar kuni, soat 10.00 atrofida Humna.uz sayti direktori Xurshid Daliyev, bosh muharrir Muslim Mirzajonov va boshqa xodimlarni Toshkent davlat agrar universiteti binosida joylashgan tahririyat binosidan o’zlarini organ vakillari deb tanishtirgan shaxslar olib chiqib ketishdi.
Ofisga bostirib kirildi, tintuv amalga oshirilib, barcha axborot tashuvchi vositalar olib qo’yildi.

Human.uz sayti tahririyati to’satdan va ogohlantirishsiz noma’lum yo’nalishda olb ketilgan barcha kishilar sog’ligi va holatidan havotirda. Ulardan hech biri bilan bog’lanib bo’lmayapti.

Mazkur holatni tahririyat O’zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosatiga mutlaqo zid va so’z erkinligiga tahdid, deb baholamoqda.

Human.uz sayti barcha OAV, bloger va huquqshunoslarni ushbu tezkor xabarni tarqatishga ko’mak berishga chaqirmoqda. Keyinroq kanalda tahririyatning muhrlangan eshigi aks etgan fotosurat e’lon qilindi.
Human.uz sayti bloklangan.
17.03 da kanalda yangi xabar paydo bo’ldi: “Human.uz saytidan olib ketilganlar (7 nafar kishi) bilan hali bog’lana olmadik. Ularning yaqinlari, hamkasblari va jamoatchilik qayerga olib ketilgani 7 soatdan beri xabar qilinmayotgan kishilarning salomatligi va holatidan havotirda.
Tegishli idoralar, xususan, Bosh prokuraturani ularning salomatligi haqida xabardor qilish va holatlarini tasdiqlovhi ma’lumotlarni taqdim etishini so’raymiz”.
Yarim soat o’tib yangi xabar e’lon qilindi: “Human.uz sayti va unnig jabr ko’rgan xodimlariga nisbatan axboriy huruj tashkil etilmoqda!”.
Bir qator anonim Telegram-kanallar bugun olib ketilgan Human.uz sayti rahbarlari va xodimlari (7 nafar kishi) qandaydir kanal adminlari sifatida hibsga olingani haqidagi asossiz xabarlarni tarqatyapti.
Mazkur xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega bo’lmay, turli kanal adminlari va blogerlarni axborot tarqatishda aybsizlik prezumptsiyasiga rioya qilishga chaqiramiz.
Advokat Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram-kanalida quyidagi xabar e’lon qilindi:
“Manbalarimizning bergan xabariga ko’ra, HumanUz sayti ma’muriyati sayt xodimlari sifatida emas, Kompromatuzb Telegram kanali adminstratorlari sifatida qo'lga olingan.
Bundan tashqari, ushbu kanal adminstratorlari orasida boshqa tashkilot vakillari ham borligi aytilmoqda. Ularning shaxsini hozircha aniqlashtirish imkoni bo’lmadi.

Aytishlaricha, ushbu kanalni yurituvchi shaxslar tovlamachilik, soliqqa oid jinoyatlarni sodir etish va boshqa shu kabi iqtisodiy jinoyatlarda ayblanmoqda.

Nashr ofisi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Quyi Chirchiq tumani boʻlimi tomonidan muhrlangan.
DXX organlari tomonidan fuqaro I.A.dan kelib tushgan murojaatga asosan, fuqaro D.X. va boshqalarning «Telegram» messenjeridagi «Kompromat.uzb» va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov davomida protsess ishtirokchilari advokat bilan ta’minlangan”.
Legalclinic voqealar rivojini kuzatib boradi.
Manbalar: Анхор.уз, Human.uz, Xushnudbek.uz