Biz raqamli huquqlar haqida ularni to'g'ridan-to'g'ri boshdan kechirmagunimizcha, ya’ni akkaunt buzib kirilganda, ma'lumotlar sizib chiqqanda, profil bloklanganda yoki algoritm biz ko'radigan kontentni belgilamaguncha kamdan-kam hollarda o'ylaymiz.
So‘nggi oylar ichida bir qator mamlakatlarda raqamli muhitdagi “o‘yin qoidalari”ni o‘zgartiradigan qarorlar qabul qilindi – sun’iy intellektdan tortib ijtimoiy tarmoqlar javobgarligigacha. Quyida 2026-yil boshidagi asosiy o‘zgarishlar tahlili keltiriladi.
O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qayta ishlash uchun javobgarlik joriy etildi
O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritildi. Tegishli normalar "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi Qonunga tuzatishlar kiritilgan 2026-yil 21-yanvardagi O‘RQ-1115-son Qonun bilan mustahkamlangan. Hujjat milliy qonunchilik darajasida sun’iy intellektning rasmiy ta’rifini kiritadi, inson ishtirokisiz faqat avtomatlashtirilgan sun’iy intellekt tizimlari asosida yuridik ahamiyatga ega qarorlar qabul qilishni taqiqlaydi, shuningdek, sun’iy intellektni qo‘llagan holda shaxsiy ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berish va tarqatish uchun jarimalar belgilaydi.
O‘zgarishlar raqamlashtirish sharoitida sun’iy intellektdan foydalanishning huquqiy asosini shakllantiradi: texnologiyalar taqiqlanmaydi, ammo ularni qo‘llash fuqarolar huquqlarini himoya qilish doirasiga kiritiladi. Qonun avtomatlashtirilgan yechimlar ustidan inson nazorati tamoyilini mustahkamlaydi va shaxsiy ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash uchun javobgarlikni kuchaytiradi.
Yevropada sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonun (AI Act) amaliy qo‘llanila boshlandi
Bir necha yillik munozaralardan so‘ng Yevropa Ittifoqi mamlakatlari sun’iy intellekt to‘g‘risidagi dunyodagi birinchi keng qamrovli qonun - AI Actni joriy etish bosqichiga o‘tdi. Qonun barcha sun’iy intellekt tizimlarini xavf toifalariga ajratadi: minimal, cheklangan, yuqori va nomaqbul.
Inson huquqlariga tahdid solishi mumkin bo‘lgan texnologiyalar taqiqlanadi – masalan, fuqarolarni ijtimoiy reytinglash tizimlari, jamoat joylarida real vaqt rejimida ommaviy yuzni aniqlash, odamlar xatti-harakatlariga ta’sir qiluvchi manipulyativ algoritmlar.
“Yuqori xavf” toifasidagi tizimlar (masalan, tibbiyot, ta’lim, bandlik, kreditlash sohalarida) uchun qat’iy talablar joriy etiladi: majburiy sinovdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazish, audit, qarorlarning tushuntiriluvchanligi va inson aralashuvi imkoniyati.
Amalda yangi huquqiy soha - algoritmlarni tartibga solish yaratilmoqda. Qonun texnologiyalar inson huquqlaridan ustun bo‘lishi mumkin emas, degan tamoyilni mustahkamlaydi. Bu esa boshqa mamlakatlar allaqachon e’tibor qaratayotgan global standartni belgilaydi.
AQShda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yangi qonunlar kuchga kirdi
2026-yil yanvaridan AQSHning bir qator shtatlarida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi yangilangan qonunlar kuchga kirdi. Bu qonunlar ham foydalanuvchilarning huquqlarini, ham biznesning majburiyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Yangi me’yorlar kompaniyalardan qanday ma’lumotlarni va nima maqsadda yig‘ayotganini oshkor etishni, so‘rovga ko‘ra foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma’lumotlarning to‘liq nusxasini taqdim qilishni, talabga binoan ma’lumotlarni o‘chirishni hamda ularni uchinchi shaxslarga berish yoki sotishni taqiqlash imkoniyatini yaratishni talab qiladi. Qo‘shimcha ravishda, minimallashtirish tamoyili joriy etilmoqda: kompaniyalarga biometrik ma’lumotlar, geolokatsiya, moliyaviy va tibbiy axborot kabi nozik ma’lumotlarni yig‘ishni cheklash yuklatildi. Bu o‘zgarishlar yig‘indisi shaxsiy ma’lumotlarni raqamli muhitdagi shaxsiy hayotning bir qismi sifatida mustahkamlaydi: foydalanuvchilar o‘z axborotlarini nazorat qilishning real vositalariga ega bo‘lsa, biznes ularni shaffof va xavfsiz qayta ishlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Yevropa Ittifoqida ijtimoiy tarmoqlar va onlayn savdo platformalari uchun yangi qoidalar (Digital Services Act) joriy etilmoqda
2026-yilda Yevropa Ittifoqi yirik raqamli platformalar - ijtimoiy tarmoqlar, videoxosting saytlari, savdo maydonchalari va qidiruv tizimlarining ishlashi uchun yangi qoidalarni belgilovchi Raqamli xizmatlar to'g'risidagi Digital Services Act (DSA) qonunni faol ravishda amalga oshirishda davom etmoqda. Mazkur hujjat texnologik kompaniyalar zimmasiga bir qator majburiyatlarni yuklaydi: ular qonunda belgilangan muddatlarda noqonuniy kontentni o‘chirib tashlashi, foydalanuvchilarning shikoyatlarini yuborish va ko‘rib chiqish uchun tushunarli mexanizmlarni yaratishi, tavsiya algoritmlarining ishlash prinsiplarini oshkor qilishi, shuningdek, siyosiy va targetli reklamalarni markirovkalashi shart. Tartibga solishning alohida bir yo‘nalishi foydalanuvchilarni ma’lumotlarni uzatish yoki obunalarni rasmiylashtirish kabi istalmagan harakatlarga undaydigan va “qorong‘u patterlar” (dark patterns) deb ataluvchi manipulyativ interfeyslarni taqiqlashga qaratilgan. Bundan tashqari, eng yirik platformalar dezinformatsiya, noqonuniy kontent va raqamli zararning tarqalishi bilan bog‘liq tizimli xatarlarni baholash uchun muntazam ravishda mustaqil auditdan o‘tib turishi lozim. Umuman olganda, qonun raqamli muhitda hokimiyat muvozanatini sezilarli darajada o‘zgartiradi: platformalar endi betaraf vositachi sifatida emas, balki o‘zlari shakllantirayotgan axborot ekotizimi uchun bevosita yuridik javobgar subyekt sifatida ko‘riladi.
BMT global raqamli shartnoma (Global Digital Compact) ni ilgari surmoqda
2026-yilda BMT platformasida internet va raqamli makonni boshqarishning asosiy tamoyillarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro kelishuv – Global raqamli pakt (Global Digital Compact) ustida ish olib borilmoqda. Muzokaralar jarayonida davlatlar, texnologik korporatsiyalar, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirok etmoqda, bu esa kelajakdagi tartibga solishning tarmoqlararo xususiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Muhokamalar markazidan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning universal standartlari, internetdan foydalanishni insonning asosiy huquqlaridan biri sifatida e’tirof etish, sun’iy intellektni tartibga solish yondashuvlarini ishlab chiqish, onlayn muhitda bolalar himoyasi mexanizmlarini kuchaytirish, shuningdek, mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasidagi raqamli tafovutni qisqartirish masalalari o‘rin olgan. Mazkur pakt texnologiyalar va inson huquqlari sohasidagi mavjud xalqaro me’yorlarni to‘ldirib, global raqamli boshqaruvning yanada kengroq arxitekturasining bir qismiga aylanishi kutilmoqda.
Buyuk Britaniyada onlayn xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun joriy etilmoqda
2026-yilda Buyuk Britaniyada zararli kontent va onlayn zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha raqamli platformalarga kompleks talablarni belgilaydigan onlayn xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun - Online Safety Act ning amaliy ijrosi kuchaytirilmoqda. Qonun ijtimoiy tarmoqlar, video xizmatlar va boshqa onlayn platformalarga tazyiq, tahdid va raqamli zarar yetkazishning boshqa shakllari tarqalishining faol oldini olish, xavfli kontentni zudlik bilan olib tashlash, shuningdek, voyaga yetmagan foydalanuvchilarni himoya qilishning maxsus choralarini ko‘rish majburiyatini yuklaydi. Algoritmlarga alohida e’tibor qaratiladi: kompaniyalar kontentni tavsiya qilish bilan bog‘liq xatarlarni baholashi va uning zararli ta’siri ehtimolini kamaytirishi kerak. Shuningdek, ota-ona nazorati va yoshni tekshirish vositalari joriy etilmoqda. Nazorat qiluvchi regulyatorga keng vakolatlar, jumladan, qonun talablariga rioya qilmaganlik uchun ko‘p milliardli jarimalar qo‘llash huquqi berilgan.
Xalqaro hisobotlar raqamli gender tafovutini qayd etmoqda
2026-yil boshida e’lon qilingan xalqaro hisobotlarda dunyoda raqamli gender tafovuti asta-sekin qisqarayotgani, biroq ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda sezilarli va notekis saqlanib qolayotgani qayd etilgan. Tadqiqotlar bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi: ayollarning internetga ulanish darajasi, raqamli qurilmalarga ega bo‘lish imkoniyati, elektron tijorat va fintex xizmatlarini o‘z ichiga olgan onlayn iqtisodiyotdagi ishtiroki, shuningdek raqamli ta’lim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlari. Umumiy faollik oshganiga qaramay, ekspertlar ayollar texnologiyalarga kirishda infratuzilmaviy, moliyaviy va ijtimoiy to‘siqlarga ko‘proq duch kelishini ta’kidlaydi. Ushbu ma’lumotlar raqamli kirish imkoniyati endi shunchaki texnologik masala emasligini, balki iqtisodiy va ijtimoiy tenglik omiliga aylanganini ko‘rsatadi: internetga ulanmasdan va raqamli ko‘nikmalarsiz zamonaviy iqtisodiyotda, ta’lim tizimida yoki davlat va moliyaviy xizmatlardan to‘liq foydalanish deyarli imkonsiz.
2026-yil boshi umumiy va tobora barqarorlashayotgan tendensiyani namoyish etmoqda: raqamli muhit deyarli tartibga solinmagan erkin texnologik rivojlanish modelidan huquqiy standartlar va javobgarlikka asoslangan tizimga bosqichma-bosqich o‘tmoqda. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar shaxsiy ma’lumotlarni shaxsiy hayot elementi sifatida ko‘rib, ularni qonun bilan himoya qilishni mustahkamlamoqda; algoritmik qarorlar shaffoflik va tushuntiriluvchanlikni talab qilmoqda; raqamli platformalar o‘zlari yaratgan axborot muhiti uchun yuridik javobgarlikni zimmasiga olmoqda; sun’iy intellekt rivoji esa inson huquqlarining asosiy tamoyillari bilan cheklanmoqda.
Xuddi shu global mantiqqa asta-sekin milliy huquqiy tizimlar ham qo‘shilib bormoqda. Masalan, O‘zbekistonda 2026-yilda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi, sun’iy intellektning rasmiy huquqiy ta’rifi mustahkamlandi va inson omilisiz faqat avtomatlashtirilgan tizimlar tomonidan yuridik ahamiyatga ega qarorlar qabul qilish taqiqlandi. Bu raqamli texnologiyalarni tartibga solishning fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan o‘z normativ modeli shakllanganligidan dalolat beradi.
Umuman olganda, raqamli huquqlar tor doiradagi maxsus mavzu bo‘lishdan to‘xtab, mehnat, fuqarolik va ijtimoiy huquqlar qatoridan tobora mustahkam o‘rin egallamoqda. Bunga kundalik hayotning ish, ta’lim, moliya, kommunikatsiya va davlat xizmatlaridan foydalanish kabi muhim qismi allaqachon onlayn makonda kechayotgani sabab bo‘lmoqda. Bu esa raqamli muhitdagi huquqiy himoya darajasi bevosita insonning umumiy himoyalanganlik darajasini belgilab berishini anglatadi.