1. Telefoningizni bloklangan holatda olib yuring
2. Telefon va ilovalar uchun mustahkam parollar tanlang
3. Fayllarni faqat ishonchli manbalardan yuklang
4. Operatsion tizimni tez-tez yangilab turing
5. Faqat xavfsiz Wi-Fi ga ulaning
Mustahkam parol
Bugun haqiqatda murakkab parolni o'ylab topish ham bir san'at! Ishonchli, betakror va esda qoladigan kombinatsiyadan iborat parolni yaratish ko'nikmasini rivojlantirish, shuningdek, uni barcha servislar, tizim va ijtimoiy tarmoqlarda qo'llash mumkin va kerak.
- parol betakror bo'lishi darkor
- iloji boricha turfa simvollardan foydalanish kerak
- parol uzun bo'lishi lozim
- kombinatsiyani biror mazmun kasb etadigan iboralar asosida o'ylab topish mumkin
Shuningdek, barcha akkauntlar uchun ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish va parollar menedjeridan foydalanish zaruratini yoddan chiqarmang.