Янгиликлар

Activist ozodlikda

Bloger, Activist kanali muallifining qamoq jazosi 2023-yil 23-aprel kuni nohiyasiga yetgan, biroq u haqda axborot mavjud bo'lmagani bois, internetda unga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgani va hatto uning vafoti haqida xabarlar tarqala boshladi.
1-may kuni Toshkent shahar IIBBda "Gazeta.uz"ga xabar berishlaricha, qamoq muddati tugagach, Nosirov ozod etilib, uyiga qo'yib yuborilgan edi.
"Nima bo'lganda ham, hammasi yaxshilikka. Bunda ham bir hikmat bordir", — dedi Nosirov.

10-may kuni kechqurun u ozodlikka chiqqani va "vafot etmagani"ni ma'lum qilib video joyladi. Uning so'zlariga ko'ra, erkinlikka chiqqanini oshkor etmasligiga sabab bor edi.
Uni qo'llagan barchaga tashakkur bildirib, faoliyatini davom ettirishi, ammo qisqa tanaffus olib, "o'z fikrlarini bir joyga qo'yib, o'z maqsadlarini qayta ko'rib chiqib, yangi kuch bilan qaytajagini" ta'kidladi.