Янгиликлар

Ayollarga ko’chada o’zini tutish bo’yicha tavsiya bergan blogerlar jarimaga tortildi

“Ayol kishining ko’chaga chiqish odobi”, joriy yilning yanvar oyida e’lon qilingan videorolikka ikki nafar bloger aynan shunday nom bergan.
Foto iibb.uz saytidan olindi
Holat yuzasidan blogerlar Yunusobod tumani IIO FMBga taklif etildi, u yerda ular ayollar uchun qoida va cheklovlar borasida shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda munosabat bildirganliklarini tan olishdi.
fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun talablari tushuntirib o‘tildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, jins bo‘yicha bilvosita kamsitish, ya’ni bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo‘yadigan vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, ta’lim, madaniyat orqali targ‘ib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar yoxud talablar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Blogerlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-2-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)ga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildilar. Ushbu huquqbuzarlik tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
“Hurmatli fuqarolar!
Turli millat va konfessiya vakillari istiqomat qiladigan jamiyatimizda qonun bilan o‘rnatilgan va ijtimoiy kelishuv asosida tartibga solinadigan munosabatlarga qarshi har qanday turdagi nojoiz gap-so‘z va sa’y-harakatlar aholi orasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga va turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.Xalqimiz mentaliteti, milliy urf-odatlari va jamiyatda qabul qilingan yurish-turish qoidalarini xurmat qilgan holda, milliy qonunchiligimizga itoatkor bo‘lishga chaqiramiz”, deya murojaat qiladi Toshkent shahar IIBB.
Manbalar: сайтToshkent shahar IIBB sayti, Anhor.uz

Prevyudagi foto Anhor.uz