O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanib shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berganlik uchun qonunchilik darajasida ilk bor ma’muriy javobgarlik belgilandi va ayni paytda sun’iy intellekt tushunchasining o‘ziga rasmiy huquqiy ta’rif berildi. Tegishli o‘zgartirishlar 2026-yil 21-yanvardagi O‘RQ-1115-sonli Qonun bilan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritildi. Hujjat rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi va raqamli xizmatlarda sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga solish uchun asos yaratdi.
Asosiy yangilik – sun’iy intellektning rasmiy huquqiy ta’rifining mustahkamlanishidir. Endilikda sun’iy intellekt deganda insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qila oladigan, ya’ni oʻrganish, ma’lumotlarni tahlil qilish, qaror qabul qilish va inson aqliy faoliyatiga taqqoslanadigan vazifalarni bajarishga qodir texnologik yechimlar majmui tushuniladi. Ushbu ta’rif kelgusida qoidabuzarliklarni tartibga solish va javobgarlikka tortish uchun huquqiy asos yaratadi.
Fuqarolarning huquqlariga ta’sir qiluvchi qarorlarni qabul qilish tartibiga alohida e’tibor qaratilgan. Qonunga ko’ra, agar qarorlar huquqiy oqibatlarga olib kelsa, faqat sun’iy intellekt asosida ishlovchi axborot tizimlari xulosalariga tayanishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlaydi. Boshqacha aytganda, algoritmdan tahlil vositasi sifatida foydalanish mumkin, lekin u qarorning yagona manbai bo‘la olmaydi – inson ishtiroki majburiyligicha qoladi.
Qonun bilan, shuningdek, sun’iy intellekt qo‘llanilgan holda shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, shu bilan birga ularni internet, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki ommaviy axborot vositalari orqali tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi. Bunday huquqbuzarliklar uchun 50 dan 100 tagacha bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida jarima hamda huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan uskunalarni musodara qilish chorasi qo‘llanishi mumkin.
Amalda qonun normalari quyidagilarni anglatadi: sun’iy intellektdan foydalanib shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish qonuniy asoslarga ega bo‘lishi kerak; agar avtomatlashtirilgan qarorlar fuqarolarning huquq va erkinliklariga daxl qilsa, ular inson nazoratisiz qabul qilinishi mumkin emas; algoritmik tizimlar orqali shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish qonunda belgilangan javobgarlikka olib keladi. Ushbu talablar ma’lumotlar bilan ishlashda raqamli texnologiyalardan foydalanadigan barcha tashkilot va subyektlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shunday qilib, qonun sun’iy intellektning rivojlanishini cheklamaydi, balki uni xavfsiz qo‘llash chegaralarini belgilaydi. Aslida, raqamli texnologiyalar fuqarolar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari bilan parallel ravishda rivojlanadigan, inson nazorati va shaxsiy ma’lumotlarning ustuvorligi qonunchilik darajasida mustahkamlanadigan me’yoriy model shakllanmoqda.