Nukus voqealari yuzasidan sud majlisidan onlayn translyatsiya muzokaralar jarayoniga qadar to’xtatildi. Bu guvohlar so’roq qilinishi bilan bog’liq, boisi, JPKga muvofiq ular boshqa guvohlarning ko’rsatmalarini eshitmasligi kerak.
Juma, 2 dekabr kuni prokuror guvohlar va jabrlanuvchilarning ko’rsatmalari so’roq qilinmagan guvohlarning ko’rsatmalariga ta’sirini oldini olish maqsadida sudyaga O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-Protsessual kodeksining 432-moddasida muvofiq jonli efirni to’xtatishni so’rab murojaat qildi.
432-moddaga muvofiq, raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqarib turishlari to’g’risida farmoyish beradi. Keyinchalik u so’roq qilinmagan guvohlarning so’roq qilingan guvohlar bilan, shuningdek, sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda bo’lmasligi choralarini ko’radi.
Raislik qiluvchi sudya Yelubay Abibullayev prokurorning murojaatini qanoatlantirdi.
Raislik qiluvchi sudya Yelubay Abibullayev prokurorning murojaatini qanoatlantirdi.
Translyatsiya muzokaralar boshlangunga qadar to’xtatildi.
Eslatib o’tamiz, 2018 yil sentabrida sud majlislarining onlayn-translyatsiyasi Xorazm, Surxondaryo va Namangan viloyatidagi 12 tajriba sudlarida O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Interaktiv xizmatlar portal saytida yo’lga qo’yilgan edi. Videotasmalar arxivda saqlanadi, ularni sud ishi raqami bo’yicha toppish mumkin. Shaxsiy hayot dahlsizlgini himoya qilish maqsadida sud majlislari tomonlarning roziligi bilangina efirga uzatiladi. Bundan tashqari, Oliy Sud resursida sud qarorlari shaxsiy hayot dahlsizligini himoya qilish maqsadida ular shaxssizlantirilganidan keyingina va tomonlar roziligi bilan e’lon qilinadi.
Saytning yangilangan versiyasi Oliy Sud, AQShning Xalqaro taraqqiyot dasturi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining @O’zbekistonda qonun ustuvorligi sohasida hamkorlik” qo’shma loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Manba: Gazeta.uz