Янгиликлар

Birinchi instansiya sudi Nukus voqealarida ayblanayotgan 22 nafar fuqaroga nisbatan hukm e’lon qildi

Qoraqalpog’istonning jinoiy ishlar bo’yicha sudi sudlar kollegiyasi sudyasi Yelubay Abibullayev raisligidagi birinchi instansiya sudi 31 yanvar kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda 22 nafar ayblanuvchiga nisbatan hukmlarni e’lon qilishni boshladi.
Lolagul Kallixanova, Azamat Turdanov, Ahmet Smetullayev va Azamat Nuratdinovga nisbatan ozodlikdan cheklash chorasi qo’llanildi. Ular sud zalidayoq ozod etildi.
Lolagul Kallixanova shartli ravishda ozod etildi, Azamat Turdanov, Ahmet Smetullayev va Azamat Nuratdinovga nisbatan esa esa ozodlikdan cheklovchi hukmlar qo’llanildi. Sud ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini bekor qildi. Ular sud zalida ozod etildi.
Lolagul Kallixanova (1989), jurnalist, Makan.uz sayti muassisi, 159-moddaning 4-bandi (Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish), 244-modda 3-band (Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish), 244-moddaning “a”, “b” va “g” punktlari (Qurol yoki qurol sifatida foydalaniladigan boshqa narsalarni ishlatib yoxud ishlatish bilan qo‘rqitib shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatish, qirg‘in solish, o‘t qo‘yish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish orqali sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashishda oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan; xizmat mavqeyidan foydalanib; diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib; mmaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etish) bo’yicha aybdor deb topildi.
Sud unga nisbatan 3 yil sinov muddati bilan 8 yilga shartli ravishda ozodlikdan cheklash jazosini qo’lladi. Kallixanovaga nisbatan qo’llangan qamoqqa olish ehtiyot chorasi inobatga olinib, bu muddat 7 oy 5 oy 6 kunga qisqartirildi.
Qoraqalpog’istondagi voqealar bo’yicha asosiy ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratov 16 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Dauletmurat Tajimuratov (1979 yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati — qoraqalpoq, «Yel xыzmetinde» advokatlik byurosi advokati, ilgari «Yel xыzmetinde» gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan. U Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi, 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi, 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi 3-qismi va 244−1-moddasi 3-qismi «a», «b», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Prokuror unga 18 yil qamoq jazosi tayinlanishini so’ragan.
Jazo muddati 2022 yil 5 iyuldan boshlab hisoblanadi.
Bundan tashqari, Tajimuratovdan 228,8 million so’m miqdorda zarar undirish belgilandi.
15 nafar sudlanuvchi 3 yildan 8,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum qilindi.
Sudya Nuratdinovni sud zalida ozod qilishni e’lon qilganida, orqa qatorlardan xursandchilik ovozlari eshitildi. O’zi zalga chiqa yurib, hssiyotlarini boshqara olmadi va yig’lab yubordi. Parlament komissiyasidan bir kishi unga tinchlanib olish uchun suv taklif qildi. Keyingi o’n daqiqa ichida Smetullayev va Turdanovlar ham Nuratdinov safiga qo’shildi.
Kallixanovaning shartli ravishda ozod etilishi zalda qarsaklar bilan kutib olindi, Tajimuratov esa uni oynaband xonadan chiqayotgan vaqtda yelkasiga qoqib qo’ydi. Yig’ilish yakunlangach, Geata.uzga bergan intervyusida Kallixanova uni koloniyaga yuborishlariga tayyor bo’lgani va uning xatolari “boshqa jurnalistlar uchun dars bo’lishi kerakligi”ni aytdi.
Tajimuratov hukmi yig’ilish so’ngida eshittirildi. Sudya ayblov hukmini o’qib eshittirayotgan vatqda Tajimuratov boshini silkib, belgilangan jazodan hayron qolmaganini bildirib bir necha bor mushtini g’olibona uchirdi. Uni sud zalidan olib chiqib ketishlaridan avval u: “Meni zonadan qo’yib yuborishmaydi, DXX (baribir) yana bir o’yin boshlaydi”, deb baqirdi va yana bir bor mushti bilan ishora qildi.
Ayblanuvchilarning qarindoshlaridan Gazeta.uz muhbirlariga izoh berishni so’rab murojaat qilganlarida ayollardan biri ularga kim yordam bera oladi, degan savol beradi, yonida o’tirgani “bu haqda matbuotda boricha yozishlari” haqida aytsa, u “ishonmayman”, deb javob berdi.
Maxfiylikni saqlash sharti bilan sudlanganlardan birining yaqini izoh berishga rozi bo’ldi.
“Hozir bizga juda qiyin”, - deydi u. – “Odilona sud bo’lmadi. Chunki hammaga bir – 244-modda bo’yicha ayblov qo’yildi (244-moddaning 3-bandi – tah.), biroq hammaga har xil hukm o’qildi. Kimgadir 7 yil berishdi, kimgadir uch, boshqalarni sud zalidan ozod qilishdi. Biz bunga rozi emasmiz. Biz Oliy sidga murojaat qilamiz. Marhamat, Oliy sud bu masalani hal etsin”.
Manba: Gazeta.uz