Mediahuquqshunos va intellektual mulkka huquqlar bo'yicha huquqshunos Madina Tursunovaning blogi mualliflik huquqlarini qanday himoya qilish, suratga olish qoidalari va ma'lumotlar zaxirasini himoya qilish, suratga olish huquqi haqida so'zlaydi. Shuningdek, bu yerda media- va axboriy savodxonlik to'g'risida qiziqarli va yorqin axborotni topish mumkin.
Legalclinic.uz tavsiya etadi. Jurnalistlar va blogerlar uchun juda muhim axborot.
Viktoriya Shmarkovskaya
Viktoriya Shmarkovskayaning Facebookdagi blogi blogi amaliyotchi advokatdan dolzarb axborotdir. Bu yerda Siz tergovchilarning hiyla-nayranglari, ma'naviy zarar, guvohlar va ularni jalb qilish qoidalari haqida qiziqarli postlarni topasiz.
Bundan tashqari, advokat o'zi olib borayotgan ishlarga sharhlarni joylashtiradi.
sher.legal
Professional huquqshunos rus va o'zbek tillarida blog yuritadi va muhim hamda juda qiziqarli mavzularni ko'taradi. Bloger maishiy muammolar, masalan, podyezdda chiqindini tashlash mumkinmi va bunga chora ko'riladimi, mehnat huquqi, menejment va ishni yuritish masalalari haqida gapirib beradi. Blogda jurnalistlar uchun muhim axborotni topish mumkin. Masalan, so'z erkinligi, qo'rqitish va tovlamachilik, pornografik mahsulotlarni tarqatish haqida.
Advokat Abdullayev
Advokat Abdumalik Abdullayevning Telegramdagi blogi o'zbek tilida, ammo platforma dunyoning ko'plab tillariga tarjima qilish uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. Blogda muallif qonunchilik, sud jarayoni va advokatlik faoliyatidagi ziddiyatlarning o'tkir masalalarini ko'taradi.