O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasbiy faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan xorijiy muxbirlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida kasbiy faoliyati taqiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy Telegram-kanalida voqeaga munosabat bildirdi.
OAVda rossiyalik bloger va jurnalist Aleksey Pivovarov hamda uning suratga olish guruhi Nukusda qo‘lga olingani haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.
Elchixona voqea tafsilotlarini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi.
Agar zarurat tug‘ilsa, Rossiya fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatamiz.