Ishonchli huquqiy ma'lumotlarni topish uchun TOP 4 ta manba
Legalclinic.uz - O'zbekiston Respublikasida mediahuquq bo'yicha axborotga kirishni taqdim etuvchi axboriy-huquqiy portal.
Jurnalistlar va blogerlar uchun huquqiy klinika - jurnalistlar va blogerlarga bepul maslahatni taqdim etuvchi manba. Siz Telegram orqali tezkor maslahat olishingiz yoki saytda ariza bo'yicha yuzma-yuz batafsil maslahat olishingiz mumkin. "Yangiliklar va tadbirlar" sahifasida Siz media amaliyotidan dolzarb yangiliklar va qiziqarli voqealarni topasiz.
Legalclinic.uz - O'zbekistonda media sohasidagi huquqiy masalalarga qiziquvchilar uchun foydali manba.
Norma.uz - O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kirishni ta'minlovchi axboriy-huquqiy portal. Mazkur manbada Siz quyidagi materiallarni topasiz:
Qonunlar va meyoriy hujjatlar: Bu yerda O'zbekistonda amal qiluvchi kodekslar, qonunlar, farmonlar, qarorlar va boshqa meyoriy hujjatlar jamlangan. Siz dolzarb huquqiy hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar va sharhlar: Portal muntazam ravishda qonunchilikdagi so'nggi o'zgarishlar haqidagi yangiliklarni, shuningdek, huquqiy sohadagi asosiy voqealar sharhlarini e'lon qiladi. Bu Sizga dolzarb voqealardan xabardor bo'lishga yordam beradi.
Amaliy materiallar: Norma.uzda Siz turli xil huquqiy masalalar bo'yicha amaliy maqolalar, maslahatlar va tavsiyalarni topasiz. Bu biznes, fuqarolar va huquqshunoslar uchun foydali bo'lishi mumkin.
Kontaktlar va fikr-mulohazalar: agar Sizda biron bir savol tug'ilsa yoki qo'shimcha axborot kerak bo'lsa, ko'rsatilgan kontaktlar bo'yicha Norma.uz bilan bog'lanishingiz mumkin.
Lex.uz: Bu O'zbekistonning huquqiy hujjatlari va qonunchiligiga kirishni ta'minlovchi onlayn tizim. Siz undan dolzarb meyoriy xujjatlarni va sud qarorlarini qidirish uchun foydalanishingiz mumkin.
Bepul huquqiy onlayn-kutubxonalar: Mazkur manba eng yaxshi bepul huquqiy onlayn-kutubxonalar ro'yxatini taklif etadi. Siz bu yerda xalqaro huquq bilan bog'liq turli xil hujjatlarni va materiallarni topishingiz mumkin.