Янгиликлар

Bloger Shohida Salomova hibsga olindi

Toshkentda 60 yoshli bloger «Патанатомия страны Уз» telegram-kanali (hibsga olingandan keyin o'chirib tashlangan) va 5660 obunachiga ega You-Tube kanal administratori Shohida Salomova (Shahinya Koroleva) hibsga olindi.
Toshkent shahar IIB xabarida aytilishicha, fuqaro A.G. shahar IIB tergov bo'limiga unga itimoiy tarmoqlarda tuhmat qilgan va haqoratlagan Shohida Salomova ustidan da'vo arizasini yozib, qonuniy chora ko'rishni so'ragan.
"Murojaat asosida o'tkazilgan tekshiruv natijasida olingan ekspertiza xulosasiga ko'ra, Sh.S. tomonidan A.G.ga nisbatan aytilgan audioyozuvlarda haqorat alomatlari aniqlangan", - deyiladi IIB xabarida.
Shohida Salomova Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi (Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish) va 140-moddasi 2-qismida (Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli gumon qilinuvchi sifatida tergovga jalb qilingan. Har ikkala moddada ham BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha jarima (60 mlndan 120 mln so‘mgacha) yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari tarzida jazo nazarda tutilgan.
«Jinoyat ishi doirasida unga nisbatan Sh. S.ning ruhiy holatini tekshirish maqsadida sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlandi. Sud ajrimiga ko‘ra, gumonlanuvchi Sh. S. tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
O‘zini Salomovaning qizi deb tanishtirgan Kamola Kamolova 20 dekabr kuni Facebook`dagi sahifasida «Toshkentdagi mahalliy hokimiyat vakillari» onasini 18 dekabr kuni uyidan olib ketishganini aytdi.
«O‘shandan beri biz u bilan bog‘lana olmadik, uning sog‘lig‘i haqida hech narsa bilmaymiz. 19 dekabr kuni darhol uning qayerdaligini bilish uchun advokat yolladim. Advokat uni Toshkent shahar IIBdan topdi. U o‘zini mijozga qabul qilinishi kerak bo‘lgan mansabdor shaxs sifatida tanishtirgan. Afsuski, uning barcha iltimoslari inobatga olinmayapti, so‘nggi xabarlarga ko‘ra, bu ish bo‘yicha dastlabki sud majlislari rasmiy advokatsiz o‘tyapti. Ba’zi sabablarga ko‘ra, [jamoat] advokati bor edi (u kimligini bilmaymiz), — deb yozadi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shohida Salomova qandli diabet, astma kabi surunkali kasalliklarga chalingan va doimiy shifokor nazoratiga muhtoj.
“Odatda ular ehtiyojsiz ko’chaga chiqmaydilay, chunki uylariga doim shifokorlar keladi va kundalik muolajalarini qilishadi. Bunday shafqatsiz va nohaq munosabatga qanday kuch sabab bo’lishi mumkin! So’nggi axborotga ko’ra ularni tuhmat va haqoratda ayblashibdi. Qachondan boshlab bunday ayb uchun (hali isbotlanmasidan avval) shu kabi qat’iy choralar ko’rila boshladi? Ular tirikmilar o’zi? Nimalarni berkityapsiz? Meni onam, Salomova Shahinya Ergashevnani ozod qiling!”, - deb yozdi Kamola Kamalova.
OAVda xabar berilishicha, hibsga olinishidan avval Shohida Salomova o’z telegram-kanalida uyida elektr ta’minoti, uy telefonini o’chirishgani, eshigi ortida esa to’rt nafar noma’lum shaxs eshikni ochishni talab qilishayotganini aytib audioxabar qoldirgan. Bundan keyin u aloqaga chiqmay qo’ydi.
Bloger, shuningdek, shu yilning may oyida faol Aleksey Grishinni haqoratda ayblab ariza yozgani va buni natijasida A.Grishin 108 million so’m miqdorida jarimaga tortilishga hukm qilingani to’g’risidagi voqea orqali tanildi. Da’vo arizasini shu kishi yozgan, degan tahminlar bor.
19 dekabr kuni "Патанатомия страны Уз" telegram-kanali qayta tashkil etilib, hozirda uning 48 nafar obunachisi bor.
Manbalar: Газета.уз, IIB rasmiy sayti, Facebook, Telegram, YouTube.