Media, jurnalistlar va blogerlarni yuridik qo’llab-quvvatlash klinikasi huquqshunosi murojaatlarga onlayn va offlayn javob beradi. Barcha konsultatsiyalar bepul. Jurnalist va blogerlarga mediahuquq sohasida mutaxasis, amaliyotchi yurist Timur Sadinov yordam ko’rsatadi.
2023 yil fevralida Klinikaga 45 marta murojaat qilishdi. Savollar medianing turli sohalariga oid bo’lib, 14 kategoriyani qamrab oldi.
Jurnalist va blogerlar aksar hollarda mualliflik huquqi masalalari, shuningdek, OAV to’g’risidagi turli qonunchilik moddalari mohiyatini tushuntirish borasida murojaat qilishadi.
Yuridik masahatxonaga Toshkent, Samarqand, Nukus, Andijon, Buxoro, Farg’ona, Urganch, Shahrisabz va Termizdan jurnalist va blogerlar so’rov yuborishdi. Murojaatlarning yarmidan ko’pi ayol-jurnalistlardan.
Konsultatsiyalar o’zbek var us tillarida olib borildi.
“Yuridik klinikada faoliyat juda qiziq, u menga media sohasida ishlaydigan xodimlarning huquqiy yordam sohasidagi ehtiyojlarini yaxshiroq anglashga yordam beradi. Mediahuquq sohasi – bu ancha keng soha bo’lib, ko’plab qonunchilik aktlari bilan tartibga solinadi va ko’pincha qandaydir masalada yurist maslahatisiz ish tutish juda qiyin”, deydi o’z ishi haqida Timur Sadinov.