Янгиликлар

Jurnalistlar va bloggerlar huquqlarini himoya qiluvchi TOP 5 ta xalqaro tashkilotlar

Matbuot erkinligi doimo tahdid ostida bo'lgan zamonaviy dunyoda xalqaro tashkilotlarning jurnalist va blogerlar huquqlarini himoya qilish borasidagi harakatlari ayniqsa dolzarb bo'lib bormoqda. Ushbu muassasalar media xodimlarining xavfsizligini ta'minlash, tsenzuraga qarshi kurashish va noqonuniy huquqiy ta'qiblarga bardosh berishda muhim rol o'ynaydi. Sizlarga xalqaro miqyosda jurnalist va blogerlar huquqlarini himoya qiluvchi TOP 5 ta tashkilotni taqdim etamiz.
Media Defence
Bu nodavlat tashkilot boʻlib, butun qitʼalar va platformalarda jurnalistlar huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.
Free Press Unlimited Legal Defense Fund
Bu tashkilot butun dunyo bo'ylab jurnalistlar va ommaviy axborot vositalariga moliyaviy yordam ko'rsatadi.
Office of the Special Rapporteur for Freedom of Expression
Amerika Davlatlari Tashkiloti (OAS) tarkibidagi ushbu idora mustaqil ombudsman sifatida petitsiya yoki shikoyatlarni ko'rib chiqadi va Inson huquqlari bo'yicha Amerikalararo Komissiyaga (IACHR) matbuot erkinligining buzilishi haqida xabar beradi.
Reporters Shield
Bu butun dunyo bo'ylab tergov jurnalistikasini tanqidiy ovozlarni bostirishga qaratilgan Yuridik tahdidlardan himoya qilish uchun mo'ljallangan a'zolik dasturi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
BMT shuningdek, butun dunyo bo'ylab jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarining huquqlarini himoya qilish uchun ishlaydi.