Insoniyat Ikkinchi jahon urushidan so‘ng asosiy huquq va erkinliklarni mustahkamlayotganda, u oflayn dunyo haqiqatlaridan kelib chiqqan edi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948) va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (1966) so‘z erkinligi, shaxsiy hayot sirini saqlash, axborot olish va davlatning o‘zboshimchalik bilan aralashuvidan himoyalanish huquqini mustahkamladi. O‘sha paytda bu huquqlar juda aniq talqin qilinar edi: so‘z erkinligi – bu matbuot va mitinglar, maxfiylik - uy-joy va yozishmalarni himoya qilish, axborotga kirish esa - gazeta va kitob o‘qish yoki radio tinglash imkoniyatini anglatardi.
Biroq raqamli inqilob nafaqat texnologiyalarni, balki inson huquqlarining mazmunini ham o‘zgartirdi. Internet fikr bildirish, ijtimoiy aloqalar va iqtisodiy faollik uchun asosiy platformaga aylandi. Ilgari maxfiylik eshik qulfi yoki xat solingan konvert bilan ta’minlanardi, endi esa u katta hajmdagi shaxsiy ma’lumotlarning qanday saqlanishi va ishlatilishiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Agar so‘z erkinligi avvallari gazeta ustunini nazarda tutgan bo‘lsa, endi u ijtimoiy tarmoqdagi postga aylandi. Biroq, bunday post algoritm tomonidan o‘chirilishi yoki "shaffof bo‘lmagan qoidalar" bilan cheklanishi mumkin.
Aynan shuning uchun raqamli muhit yangi huquqlar va yangi umidlarni keltirib chiqardi. 1981-yilda Yevropa Kengashi raqamli sohani tartibga soluvchi birinchi xalqaro shartnoma - "Shaxsga doir ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berishda shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida"gi 108-sonli Konvensiyani qabul qildi. Keyinchalik bunga "raqamli unutilish" huquqi (Yevropa Ittifoqi), internetga kirish huquqi (bir qator mamlakatlarda ijtimoiy huquq qismi sifatida tan olingan) va bolalarni onlayn himoya qilishga oid maxsus normalar (masalan, AQShdagi COPPA qonuni, 1998) qo‘shildi. XXI asrda "inson huquqlari" masalasi majlislar va gazetalar kontekstida emas, balki algoritmlar, ma’lumotlar bazalari va ijtimoiy tarmoqlar kontekstida tobora ko‘proq yangramoqda.
Raqamli texnologiyalar bosimning yangi shakllarini ham yaratdi. Davlatlar kuzatuvni kengaytirishni terrorizm va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bilan oqlamoqda. Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi Budapesht konvensiyasi (2001) ilk bor raqamli muhitda tergov uchun xalqaro standartlarni belgiladi, biroq aslida axborotga kengroq kirish imkonini qonuniylashtirdi. AQShda 2018-yildagi CLOUD Act qonuni huquqni muhofaza qilish organlariga hatto mamlakat tashqarisidagi provayderlardanham ma’lumotlarni so‘rash huquqini beradi. Osiyo va Lotin Amerikasida ham davlatlar nazorat tizimini yo‘lga qo‘ymoqda: Hindiston Raqamli shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Digital Personal Data Protection Act qonunni (2023), Braziliya esa ma’lumotlarni qayta ishlashni tartibga soluvchi LGPD qonunini (2018) qabul qildi.
Korporatsiyalar, o‘z navbatida, davlat arxivlariga tenglashadigan hajmdagi ma’lumotlar to‘plamlarini yig‘ib oldilar. Kanadaning PIPEDA (2000) va Janubiy Koreyaning PIPA (2011, 2020-yilda yangilangan) qonunlari biznesning ma’lumotlardan tijorat maqsadlarida foydalanish imkoniyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklaydi. Ammo shunda ham foydalanuvchilar "axborot pufaklari"ga tushib qoladilar, bu yerda algoritmlar nimani ko‘rishimiz va nimani ko‘rmasligimizni hal qiladi. So‘z erkinligi boshqacha qabul qilinadi, chunki auditoriyaga kirish platformalar tomonidan nazorat qilinadi.
O‘zbekistonda raqamli huquqlar endigina shakllanmoqda. Konstitutsiya (2023) shaxsiy hayot daxlsizligini mustahkamladi, "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonun (2019) axborotni qayta ishlashning asosiy qoidalarini belgilab berdi. Ammo bu hujjatlar raqamlashtirishning dastlabki qadamlari davri uchun ishlab chiqilgan va hozircha XXI asr savollariga javob bermaydi: algoritmlarni qanday tartibga solish, axborotni o‘chirish huquqini qanday ta’minlash, fuqarolarni onlayn kamsitilishdan qanday himoya qilish kerak.
Mutaxassislar fikricha, raqamli huquqlarning kelajagi yangi kafolatlarni mustahkamlash bilan bog‘liq. Algoritmlarning shaffoflik huquqi allaqachon muhokama qilinmoqda - har bir kishi u yoki bu kontent yoki reklama nima uchun aynan unga ko‘rsatilayotganini bilishi kerak. "Raqamli tushuntirish" huquqini - avtomatik tizim nima uchun xizmatni rad etganini bilish imkoniyatini joriy etish taklif qilinmoqda. Algoritmik kamsitishdan himoyalanish masalasi tobora ko‘proq ko‘tarilmoqda: sun’iy intellekt jins, yosh, din bo‘yicha tarafkashlikni takrorlamasligi kerak. Va nihoyat, "raqamli avtonomiya" g‘oyasi - insonning o‘z ma’lumotlari, raqamli profili va onlayn obro‘si ustidan to‘liq nazorati tobora kuchayib bormoqda.
Shunday qilib, inson huquqlari evolyutsiyasi shuni ko‘rsatadiki, raqamlashtirish erkinliklarni yo‘q qilmaydi, balki ularning mazmunini o‘zgartiradi. Agar XX asrda kurash matbuot va yig‘ilishlar erkinligi uchun olib borilgan bo‘lsa, XXI asrda asosiy muammo ma’lumotlarni himoya qilish va algoritmlarning shaffofligini ta’minlashdir. Bugun raqamli erkinlik kuchli bosim ostida — davlatlar va korporatsiyalar ma’lumotlar hamda muloqotni tobora ko‘proq nazorat qilishga urinmoqda. Biroq kelajak qonunlarning o‘zgarayotgan raqamli haqiqatga moslasha olishiga bog‘liq. Agar davlatlar, biznes va fuqarolik jamiyati xavfsizlik va huquqlar o‘rtasidagi muvozanatni topa olsa, raqamli davr erkinliklarning yo‘qolishi emas, balki kengayishi davri bo‘ladi.
“Uzbekistan Digital Rights Media Initiative” (UDRMI) loyihasi Yevropa Ittifoqi (YI) moliyaviy ko‘magida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.