"Aqlbovar qilmas daromad va'da beruvchi bu feyklarning barchasi tanqidiy tafakkurga ega bo'lmaganlarga mo'ljallangan. Ular shunday qarmoqlarga ilinadi... mana shu, ochiq-oydin feyk postlar ostida odamlar menga murojaat qilyapti, go'yoki, mening ularga aloqam bor va ular haqqoniy.
Bilib oling, ochko'zlik ishonuvchanlik bilan yonma-yon yurgan odamlardan hayot qimmat badal oladi.
O'ylashga erinmang. Savol bering.
Masalan: Agar bir hafrada ikkini sakkiz barobar orttirolganimda, kartoshka va ko'kat sotarmidim?! "
"Tarmoqqa joylangan rasm endi "sizniki" emas... Zafar Hoshimov bilan bog'liq so'nggi keys tarmoqda mashhurlik va ommaviylikning boshqa tomonini ko'rsatib berdi. Qanchalik mashhur bo'lsang, feyklar va firibgarlikka duch kelish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Ommaviy muhitga chiqayotib, ehtimoliy oqibatlarni chuqur anglash kerak.
Joylangan rasm taqdiri turlicha bo'lishi mumkin, uni yuklab olish, nusxalash, ko'paytirishning imkoni bor.
Internet turli maqsadlarni ko'zlovchi barcha foydalanuvchilar uchun ochiq. Insonning yoki oilasining istalgan rasmi internetga joylangan taqdirda, noqonuniy foydalanilish potensialiga ega. Shaxsan men oilaviy fotolarni joylamayman va boshqa kishilar aka etgan suratlarni joylashga ruhsat olaman. Bu nafaqat etika, balki xavfsizlik va raqamli gigiyena masalasi hamdir.
Tarmoqdagi har qanday amal raqamli iz qoldiradi. O'zingizni Googleda qidirib ko'ring va qancha iz qoldirganingizni ko'rasiz...
Agar siz mashhur shaxs bo'lsangiz, biznesmen, aktyor, qo'shiqchi, bloger yoki kreativ muallif bo'lsangiz, katta ehtimol bilan siz tarmoqda ko'psiz. Bu tabiiy. Biroq har narsaning badali bor.
Mashhurlik badali - bu firibgarlar, feyklar, plagiat. Ba'zan tuhmat va haqorat.
Muhimi, inqirozli vaziyatlarga tayyor bo'lish va himoya vositalarini bilish. Yaxshi xabar shundaki, bunday vositalar bor. Ha, ular vaqt va resurs talab qiladi, biroq ularning evaziga kishi o'z nomi va obro'sini saqlab qolish mumkin.
Zafar Hoshimov bilan bog'liq keysda yillar davomida yaratilgan obro' hatto uning nomidan foydalanilgan oshkora yolg'onda ham uning uchun ijobiy ishlamoqda. Sizni qancha yaxshi bilsalar, tarmoqdagi shubhali axborotga shuncha ishonchsizlik bilan qarashadi.
Birgina rasmni tarqatish bir necha huquqbuzarlik uchun nazarda tutilgan javobgarlikka asos bo'ladi:
- rasmdan noqonuniy foydalanish
- shaxsiy ma'lumotlarni tarqatish
- rasmga mualliflik huquqlarini poymol etish
- tuhmat va haqorat
- ishchanlil obro'sini diskreditatsiya qilish va iste'molchilarni aldash
- yolg'on axborot tarqatish
- ishonchsiz (noxush, azaldan yolg'on) reklama.
Mexanizmlar yetarli, ularni qo'llay olish va himoya strategiyasini tuzish muhim.
Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda foydalanuvchilar bunday firibgarlik uchun aybdorlarni jazolash mumkinmi, degan savol bilan yuzlanishdi. Bunday reklamaga duch kelgan foydalanuvchilar qilishi mumkin bo'lgan eng osoni - uning yuzasidan tarmoq administratorlariga shikoyat qilish.