Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida Qashqadaryo viloyat prokurori o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi va Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan Sh. P. (1977 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Inson huquqlari” mustaqil tashkiloti a'zosi, “Himoyachi blogerlar” MChJ rahbari), N. K. (1980 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, ishsiz) va D. X. (1984 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Koson tumanidagi 12-sonli umumta'lim maktabi o‘qituvchisi) ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqildi.
Sudning 2024 yil 28 fevraldagi ajrimi bilan Qashqadaryo viloyat prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, ayblanuvchi nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.