Янгиликлар

Nabotbek Masharipov - blogerlikdan sifatli jurnalistikaga qadam

Bugun biz blogerlik faoliyati qanday qilib muvaffaqiyatli media-biznesga aylangani haqida Murojaat.uz saytining asoschisi Nashotbek Masharipov bilan  suhbatlashamiz.



O'zingiz haqingizda gapirib bersangiz. Qachondan beri media bilan shug'ullanasiz va nima uchun aynan shu faoliyatni tanladingiz?

Men 2017 yildan beri blogerlik qilaman. Menga har doim insonlarga yordam berish yoqar edi. Avvaliga men bu faoliyatni butunlay boshqacha tushunar edim. Men boshqa odamlarning muammolarini xabardor qilish orqali hal qilishga harakat qilar edim, faoliyatim natijalarini YouTube kanalimga joylashtirardim. Men kanalga murojaat qilgan insonlarning huquqiy masalalarini tushunishga harakat qilardim va bu faoliyat jurnalist yoki blogerning ishidan ko'ra, ko'proq huquq himoyachisining ishiga o'xshardi. Yoritish, uni hal qilish uchun muammoni e'lon qilish menga etarli emasdek tuyular edi. Vaqt o'tishi bilan men odamlarning muammolarini hal qilishda shu tarzda yordam berayotganimni angladim. Ammo yoritish orqali ko'pchilik ushbu amaliyotdan foydalanishi mumkin va mening faoliyatim ancha muhimdir.

Qachon va nima maqsadda Siz o'z OAVngizni ochishga qaror qildingiz?

2021 yilda men faoliyatimni ommaviy axborot vositalari formati ko'lamiga o'tkazishga qaror qildim. Keyin men O'zbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistikasini rivojlantirish markazidagi Mediamenejment maktabida o'qidim, u yerda menga kanalimni qanday qilib pul ishlasa ham bo'ladigan to'liq resursga aylantirish mumkinligini ko'rsatishdi. Va bu boshlang'ich nuqtasi edi. Men jurnalistika men professional tarzda shug'ullanmoqchi bo'lgan ish ekanligini, media nafaqat ijtimoiy yordam, balki biznes ekanligini angladim.
Endi men nafaqat YouTube kanalimni va saytimni yurityapman, balki "Jamoat OAV" loyihasi doirasida Telegramda SHOVOTLIKLAR kanalini ham yaqinda ochdim. U hali ko'p obunachilarga ega emas, lekin u yerda biz mahalliy yangiliklarni berib boramiz va ushbu kanal endigina o'z boshlamoqda. 



OAVni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?
Yordam olish uchun hech kimgadir murojaat qildingizmi?

Men huquqshunos emasman, avval qonunlarni ochdim va hamma narsani mustaqil tushunishga harakat qildim. OAVning nizomini tushuna olmadim. Bu juda muhim hujjat bo'lib, uning asosida keyinchalik axboriy resursning barcha ishlari quriladi. Men O'zbekiston mediasi, jurnalistlari va blogerlarini huquqiy qo'llab-quvvatlash klinikasiga murojaat qildim. Rostini aytsam, ular menga juda faol yordam berishadi, deb umid qilmagan edim, ehimol, ular maslahat berishar, ba'zi savollarga javob berishar, deb o'ylagan edim, ammo ular menga Nizomni tuzishda yordam berishdi. Advokat Madina Tursunova menga yordam berdi, barcha savollarga javob berdi. Va Nizom barcha o'ziga xos tomonlarni hisobga oladigan tarzda tuzilgunga qadar, u menga maslahatlar berib turdi. Shunday qilib, men OAVni juda tez ro'yxatdan o'tkazishga muvaffaq bo'ldim.

Jurnalistlar va blogerlar huquqlarining buzilishi holatlarini uchratganmisizz?

Amaliyotimda davlat tashkilotlari OAV to'g'risidagi qonunni buzgan bir nechta keyslar bo'lgan . Ammo bu bir necha yil oldin edi. Tafsilotlarni hozir eslay olmayman.

Kasbiy tajribangizda faxrlanadigan keysingiz bormi? 

Biz ayolning muammosini yoritgan edik. Nashrdan keyin mahalliy hokimiyat unga murojaat qildi va muammo hal qilindi. Ya'ni, bu yerda avvalgidek ko'plab idoralarga so'rovnomalarni, shikoyatlarni va murojaatnomalarni yozishga hech qanday xojat qolmadi. Muammo yoritish hisobiga hal qilindi. Va bu meni juda xursand qildi. Oddiy insonlarga yordam berishga muvaffaq bo'lganimda, men har doim eng yaxshi his-tuyg'ularni his qilaman.

OAV va jurnalistlarnining faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar amalda ishlaydimi?

Ular buzilgan holatda agar qattiq talab qilinsa, o'z huquqlarini faol himoya qilinsa, so'rovnomalar yozilsa va shikoyatlar qilinsa, ishlaydi. Albatta, agar o'tirsangiz va harakat qilmasangiz, unda hech narsaga erishmaysiz.