Янгиликлар

Foydalanish cheklangan axborot

Mazkur maqolada biz qonun bo‘yicha erkin tarqatish mumkin bo‘lmagan axborot turlarini ko‘rib chiqamiz. Ushbu axborotning ba’zilari faqat egasining ruxsati bilan uzatilishi mumkin.

Shunday qilib, foydalanish cheklangan axborot – davlat sirlari, maxfiy ma’lumotlar yoki uning egasi kirishni cheklagan axborot.

Quyidagilar davlat sirlariga kiradi:

  • • Harbiy sohadagi ma’lumotlar
  • • Iqtisodiyot, fan va texnologiya sohasidagi axborot
  • • Tashqi munosabatlar sohasidagi ma’lumotlar
  • • Razvedka, kontrrazvedka va tezkor-qidiruv faoliyati sohasidagi ma’lumotlar.

Bunday ma’lumotlarning oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligiga putur yetkazishi mumkin.

Maxfiy ma’lumotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • • Shaxsiy sirni
  • • Oilaviy sirni
  • • Yozishmalar, telefon suhbatlari, pochta, telegraf va boshqa xabarlarning sirini
  • • Tijoriy va xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni.

Mazkur axborot qonun bilan himoyalangan va egasining roziligisiz oshkor etilmaydi.

Egasi tomonidan foydalanish cheklangan axborot, egasi sir saqlashni muhim deb hisoblaydigan turli xil ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Keling, qonun bilan himoyalangan axborotga ba’zi misollarni ko'rib chiqamiz:

  • Tibbiy sir (O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 44-moddasi):

Tibbiy yordamga murojaat qilish faktlari, fuqaroning sog‘ligi holati, uning kasalligi tashxisi va uni tekshirish va davolash paytida olingan boshqa axborot tibbiy sirni tashkil qiladi. Fuqaro ularga uzatilayotgan ma'lumotlarning maxfiyligi kafolatini tasdiqlanishi kerak.

Shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida ornatilgan hollardan tashqari bolgan talim olish, kasbiy, xizmat va boshqa vazifalarni bajarish chog'ida ma'lum bo'lgan tibbiy sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarni oshkor qilishga yo'l qo'yilmaydi.

  • Bank siri (O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 38-moddasi):

Bank o‘z mijozlari va bank-korrespondentlarining operatsiyalari, hisob-varaqlari va omonatlari sirini kafolatlaydi. Bankning barcha xodimlari o‘z mijozlari va bank-korrespondenlarining operatsiyalari, hisob-varaqlari va omonatlari, shuningdek, banknng tijoriy sirlarini saqlashga majburlar.

Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqat mijozlarning o‘ziga yoki ularning vakillariga, shuningdek, qonunсhilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda — davlat idoralari va ularning mansabdor shaxslariga taqdim etiladi.

  • Aloqa siri (O‘zbekiston Respublikasi «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunining17-moddasi):

Aloqa siri O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlanadi va qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda ta’minlanadi.

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari aloqa sirlariga rioya qilishni ta’minlashga majburdirlar.

Telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olib boriladigan telekommunikatsiya xabarlari, pochta jo‘natmalari va muzokaralari to‘g‘risidagi axborot, uning mazmuni hamda telekommunikatsiya va pochta jo‘natmalariga oid boshqa ma’lumotlar faqat jo‘natuvchilarga va qabul qiluvchilarga yoki ularning qonuniy vakillariga berilishi mumkin.

Telekommunikatsiya xodimlarini telekommunikatsiya xabarlari, pochta jo‘natmalari bilan tanishtirish, telefon suhbatlarini tinglash, ular to‘g‘risida ma’lumot olish, shuningdek, aloqa sirlarini boshqach cheklashlarga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Аdvokatlik siri (O‘bekiston Respublikasi «Advokatura haqida»gi qonunining 9-moddasi):

Ishonch bildiruvchi shaxsning advokatga murojaatining fakti, ishonch bildiruvchining advokatdan olgan maslahat va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning mijoz bilan olib borgan suhbatlarning mazmuni va huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha boshqa ma’lumotlar advokatning siridir.

Advokat, uning yordamchisi, stajyor va advokatlik tuzilmalarining boshqa xodimlariga advokatlik sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilish, shuningdek, ulardan o‘z manfaatlarida yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanish taqiqlanadi.

Notarial harakatlar siri (O‘zbekiston Respublikasi «Notariat haqida»gi qonunining 6-moddasi):

Notarial harakatlarni amalga oshiruvchi notariusga va boshqa shaxslarga amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish taqiqlanadi. Ushbu qoida ish to‘xtatilgandan keyin ham amal qiladi. Notarial harakatlar to‘g‘risidagi axborot faqat mazkur harakatlarni amalga oshirgan shaxslarning nomidan yoki ularning topshirig‘iga binoan taqdim etiladi.

Notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sud, prokuratura, tergovning talabiga ko‘ra ular ishlab chiqarishdagi ishlar bilan bog‘liq holda taqdim etilishi mumkin.

Sugurtalash siri (O‘zbekiston Respublikasi «Sug‘urtalash faoliyati haqida»gi qonunining 26-moddasi).

Meros siri (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1128-moddasi):

Notarius va vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxslar meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish huquqiga ega emaslar.

Farzand asrab olish siri (O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 153-moddasi):

Farzandlikka olish siri qonun bilan himoyalangan. Farzand asrab oluvchilarning (yoki ular vafot etgan taqdirda, vasiylik va homiylik idorasining) roziligisiz farzand asrab olish to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tanishish yoki farzand asrab oluvchilar farzand asrab oluvchining ota-onasi emasligini ko‘rsatuvchi axborotni berish taqiqlanadi.

Farzand asrab oluvchilarning xohishiga qarshi farzand asrab olish sirini oshkor qilganlik uchun qonun bo‘yicha javobgarlik ko‘zda tutilgan.

  • Tijoriy sir (O‘zbekiston Respublikasining «Tijoriy sir haqida»gi qonuni)
  • Huquqiy maslahatlarning mahfiyligi: xizmatlarni ko‘rsatishda huquqiy maslahatshunoslardan olingan axborot maxfiy hisoblanadi.
  • Patent arizalarning siri: patent talabnomalaridagi axborot Intellektual mulk agentligi tomonidan maxfiy saqlanadi va ariza beruvchi yoki patent egasining roziligisiz oshkor etilmaydi.

Shunday qilib, jurnalistlar va OAV foydalanish cheklangan axborotga ehtiyot bo‘lishlari muhimdir. Materialni nashr etishdan oldin unda qonun bilan himoyalangan ma’lumotlar yo‘qligini tekshirish kerak. Agar shubhangiz bo‘lsa, huquqshunos bilan maslahatlashish yaxshiroqdir. Endi buni OAV, jurnalistlar va blogerlar uchun huquqiy klinikada bepul amalga oshirilish mumkin.