Axborotdan foydalanish va zamonaviy jurnalistlar duch keladigan boshqa muammolar xususida termizlik jurnalist va bloger Mastura Hamroyeva bilan qisqa suhbat.
Qachondan beri juralistika sohasidasiz?
OAVda 9 yildan beri ishlayman. Asosiy faoliyatim bosma OAV va internet-jurnalistika. «Заря Сурхана» gazetasida jamoatchilik muhbiri sifatida ishlayman va “Mastura.uz” blogini olib boraman. Blogda turli mavzular, asosan Surxondaryo viloyati miqyosida islohotlar, ayollar orasida ishsizlik darajasi, yoshlar masalalari, ayollarning bandlik masalasi, iqtisodiy masalalar, investitsion loyihalarni yoritib boraman.
Bunday murakkab va ko’pqirrali mavzuda hech qiyinchiliklarga duch kelganmisiz?
Axborot olish bilan muammolar bo’ladi. OAVga nisbatan ochiqlikka qaramay, axborot taqdim qilishda hali-hamon o’zgarishlar yo’q. Davlat tashkilotlari va boshqaruv organlaridan axborot olish juda qiyin...
Fikingizcha, buning sababi nimada?
Aksar hollarda ular muammolarni biz bilan muhokama qilmasdan, ularni chetlab o’tishni afzal ko’rishadi. Davlat organiga murojaat qilganimda, axborot xizmati men bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. Muammolarga duch kelganimda mutaxassis hatto o’z rahbaridan aniq ma’lumot olib bera olmadi. Bir safar qo’ng’iroq qilsam, go’shakni ko’tarishmaydi, kelgusi safar umuman javob berishmaydi, ayniqsa, tashqi iqtisodiy faoliyat va investitisiyalarda. Chuqurlashishdan tiyilaman.
Jurnalistlar yana qanday huquqiy muammolarga duch kelishadi?
Yuridik hujjatlarni o’rganib chiqib, o’z huquq va majburiyatlarini bilib olsalar, jurnalistlarimizda muammo bo’lmaydi. Ba’zi vaqtlarda, afsuski, muammolar aynan huquqiy savodsizlik tufayli yuzaga keladi.
Fikringizcha, jurnalistlarning huquqiy savodxonligi ayni damda qanday darajada?
O’rtacha. Agar yuqori bo’lganida, jurnaistlarning ta’sir kuchi kattaroq bo’lardi, deb o’ylayman.
Huquqiy savodxonlik darajasini oshirish uchun Siz nimalar qilasiz?
Yuridik hujjatlarni o’rganaman. O’z bilimlarimni sayqallash maqsadida jurnalistlar uchun huquqiy mavzularda tashkil etiladigan treninglarda muntazam ravishda qatnashaman. Legalclinic materiallarnin o’qiyman. Men mas’uliyat his qilib, o’z vakolatlarim va qonun doirasida ish ko’rishni ma’qul bilaman.