Янгиликлар

Jurnalist huquqlarining buzilishi: monitoring sharhi

Biz huquqlarning buzilishi holatlarini, jurnalistlar va blogerlarga bosim o'tkazish holatlarini, shuningdek, ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan bog'liq fikr yetakchilarining bayonotlarini tasvirlashni davom ettirmoqdamiz.

Jurnalistlar va blogerlarga bosim o'tkazish usullari juda xilma-xil bo'lib, layoqatsizlikda ayblashdan tortib, to'g'ridan-to'g'ri tahdidlargacha yetib borgan. Ba'zida mualliflarning o'zlari maqolalarida ayblovlarning yetarli dalil bazasi haqida qayg'urmasdan va ularni "ilintirish"mumkin bo'lgan so'zlarni tanlab, sud organlariga murojaat qilish uchun sababni keltirib chiqarishgan.

Klinikaning mediaadvokatlari ushbu yo'nalishda media hamjamiyatini qo'llab-quvvatlamoqda. Klinikaning xizmatlaridan biri maqola matnini huquqiy tahlil qilishdir. Bunday maslahat olish uchun murojaat qilib, Siz o'zingizning kasbiyl faoliyatingizni himoya qilishingiz mumkin..

Huquq himoyachisining blogerlik faoliyati to'g'risidagi bayonoti Konstitutsiyaning fikr erkinligi to'g'risidagi moddasiga ziddir.
Huquqshunos va huquq himoyachisi, "Markaziy Osiyoning taraqqiyoti" tahliliy markazi direktori Nargiza Musayeva teleko'rsatuv efirida shunday dedi: "Bloger yoki jurnalist ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun oliy ma'lumot, sertifikat yoki "yuqoridan" ruxsatnomaga ega bo'lishi kerak! Endi internetdagi har bir kafelchi yoki farrosh blogerlik qilmoqda!!! O'ylashimcha, agar Prezidentimiz so'z erkinligini bergan bo'lsalar, demak, bu Siz istagan narsani aytishingiz va internetga yuklashingiz mumkin, degani emas! Bundan tashqari, agar jurnalistning ma'lumoti yoki biron bir sertifikati bo'lmasa, bloger yoki jurnalist maqomidan foydalanishni umuman taqiqlash kerak, ehtimol, shunda internetda keraksiz axborot va aholi ortasida nizoli vaziyatlar kamroq bo'ladi! Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlarimiz bu masalani ko'rib chiqadilar, deb, umid qilaman?!»
(Musaevaning imlosi va tinish belgilari tahrirsiz qoldirilgan). https://www.facebook.com/umidkhan.muydinoff/videos/1404787529981032

Jurnalist Sergey Yejkov va Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg'armasi Vasiylik Kengashining sobiq raisi Komil Allamjonov o'rtasidagi tuhmat bo'yicha ish

"Esingizda bo'lsa, joriy yilning 21-fevralida Sergey Yejkov o'zining Uzmetronom.com saytida "Olmos bola" nomli tuhmat maqolasini nashr etdi va unda u meni 4 million 200 ming AQSh dollari miqdoridagi zargarlik buyumlarini O'zbekistonga noqonuniy olib kirishda ishtirok etganlikda, ya'ni O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 182-moddasi "Bojxona qonunchiligini buzish" bo'yicha og'ir jinoyat sodir etishda ochiq ayblagan.
Men, albatta, Sergey Yejkov bilan shaxsan tanish emasman, lekin mish-mishlartarqaldi — odamlarning aytishlaricha, 2016 yilgacha ushbu sayt ma'lum bir maxsus xizmatlarning ba'zi shaxslarni obro'sizlantirish bo'yicha buyurtmalarini bajarib kelgan ekan.
Ehtimol, Yejkov buyurtma bo'yicha harakat qilganini tushunib, avvaliga xotirjamlikni saqlab, jim turdim va birozdan keyin advokatlarim bilan maslahatlashdim. Ular, agar muallif mening ushbu jinoyatga aloqadorligimni isbotlamasa, unga qarshi O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 139-moddasi 3-qismining "a" bandida ko'zlangan jinoyat ("Og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etganlikda ayblash bilan birga tuhmat") belgilari bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilishi mumkinligini ta'kidladilar. .
O'zimning haqligimga to'liq ishongan holda, men Sergey Yejkov ustidan huquqni muhofaza qilish organlariga tegishli arizani topshirdim, u endi o'z so'zlari uchun Qonun oldida jiddiy javob berishi kerak.
Qonun va sud hukm chiqarsin men to'liq ochiqman va tergov va sudga masalaning mohiyati to'g'risida barcha to'liq ma'lumotlarni taqdim etishga tayyorman", deb yozadi Komil Allamjonov o'z kanalida.
Ushbu post jurnalistning nashr etgan materiali uchun sud jarayonini boshlash pretsedenti sifatida qayd etilgan.
https://t.me/allamjonov_ki/1312

Jurnalist Anor Sodiqovga tahdidlar va bosimlar uni maqolani o'chirishga majbur qildi
Jurnalist Anora Sodiqovaning "Rost24 bosh muharriri tahdidlar va bosim tufayli maqola o'chirilganligi haqida bayonot berdi" nomli maqolasi chop etildi.

Rost24.uz nashrining bosh muharriri Anor Sodiqova marhum senator, savdo sohasini nazorat qilgan sobiq bosh vazir o'rinbosari, futbol Federatsiyasi va milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari Mirabror Usmonovning o'g'li Jahongir Usmonov haqidagi materialni saytdan olib tashlanganligi haqida xabar berdi. Jurnalist o'zining Facebookdagi sahifasida o'chirilgan videoni joylashtirdi. Materialda tadbirkor, Ardus kompaniyasining bosh direktori va ta'sischisi, shuningdek, "Ezgu maqsad" xayriya jamg'armasi rahbari faoliyati haqida so'z yuritiladi.
Jahongir Usmonovning ismi moliyaviy hujjatlarning eng katta ko'lamda tarqalgan "Pandora arxivi"da uchraydi. Reportajda Anora Sodiqova "Jahongir Usmonovga tegishli bo'lgan bir nechta kompaniyalar zanjiri offshor va moliyaviy jinoyatlarga olib boradi"deb xabar beradi. Ta'kidlanishicha, Usmonov Britaniyaning Virjiniya orollarida ro'yxatdan o'tgan Winger Investments Limited kompaniyasining yagona benefitsiaridir, buning ustiga, u Evropa banklarida hisob raqamlariga ega.
Maqola va video nashr etilgandan so'ng, Anora Sodiqova o'ziga nisbatan tahdidlar va bosimlar bo'layotgani haqida ma'lum qildi. "Bir oy ichida biz dalillarga asoslanib surishtiruv o'tkazdik va materialni chop etdik. Biroq, ular mening hamkasbimga qo'ng'iroq qilishdi va agar bizga tinch hayot kerak bo'lsa, materialni olib tashlashimiz kerakligini aytishdi. Shundan so'ng biz maqolani saytdan va videoni YouTubedan olib tashlashimizga to'gri keldi", dedi u Human.uz bilan suhbatda.
Milliy mass-mediani rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash jamoat jamg'armasi vasiylik kengashi raisi, tadbirkor Komil Allamjonov Anora Sodiqova atrofidagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi: "Qonun ustuvorligi hukmron bo'lgan davlatda har qanday nizolar (agar kelib chiqsa) faqat sudda hal qilinishi kerak. Hech kim jurnalistga tahdid qilishga, umuman hech kimga tahdid qilishga haqli emas. O'sha davrlar tugadi. Ularni qaytarishga urinmang. Jamg'arma vaziyatni kuzatib boradi", deb yozdi u. 2021-yil yakunlari bo'yicha O'zbekiston "Chegarasiz muxbirlar" matbuot erkinligi reytingida 180-o'rindan 157-o'rinni egallab, bir pog'onaga tushib ketdi. Indeksning pasayishi 2018 yildan beri birinchi marta sodir bo'ldi. Mamlakatdagi ushbu sohadagi vaziyat "murakkab"deb baholanishda davom etmoqda.
https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/14/rost24/

Klinikaning mediamonitorlari o'z ishlarini davom ettirmoqdalar. Biz esa, jurnalistlar va blogerlarning huquqlari buzilish holatlari keltirilgan keyslarni nashr etishda va sizga media sohasidagi tendentsiyalar haqida so'zlab berishda davom etamiz.