Янгиликлар

Davlat telekanali xodimi jinsiy tegajonlik uchun hibsga olingan

Toshkentda 6 fevral kuni davlat telekanallaridan birining bosh muharriri o'rinbosari O'zR ma'muriy kodeksining 41-1-moddasiga muvofiq jinsiy tegajonlik uchun uch kunlik ma'muriy qamoqqa hukm qilindi.
Ish materiallariga ko'ra, erkak firibgarlik bilan qizni o'z ish joyiga jalb qilgan va unga nisbatan jinsiy harakatlarni amalga oshirgan.
Jabrlanuvchi "Ne molchi" ("Jim turma") loyihasining huquqshunosiga murojaat qildi va adolatga erishish uchun undan maslahatlar oldi. Qiz huquqshunosning maslahatlariga muvofiq zo'rlovchi ustidan shikoyat arizasi bilan bilan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildi.
Sudda erkak o'z aybini tan oldi va afsuslandi.
"Mazkur voqea ayollarning huquqlari va xavfsizligini himoya qilish muhimligini ko'rsatadi. Bunday choralar shu kabi holatlarning oldini olish uchun namuna vazifasini o'tashi kerak va kasbiy ahloq meyorlariga va tenglik haqidagi qonunlarga qat'iy rioya qilish zarurligini ta'kidlaydi.

Shuningdek, jinsiy tegajonlikning va kamsitishning namoyon bo'lishiga notolerantlikni ta'minlashi lozim" -, deb yozadi "Ne molchi.uz" ("Jim turma.uz") kanali".