Bu safar bloger Sevinch Sa'dullayeva jarimaga tortiladi
Bundan avval 4 sutka ozodlikdan cheklash jazosini o'tagan bloger Sevinch Sa'dullayeva yana aybdor, deb topildi.
Bu safar bloger Samarqanddagi tunggi klublardan birida pul sochayotgani aks etgan video uchun javobgarlikka tortildi.
Samarqand viloyati IIB xabar berishicha, ichki ishlar xodimlari Samarqandning tunggi klublaridan birida 15 dekabr kuni olingan videoni o'rganib chiqishdi. Ish materiallari Samarqand shahar sudiga oshirilgan.
"Klubimizda shou va raqqosalar chiqishlari tez-tez tashkil etiladi, biroq hech kim ularga pul sochmaydi. O'sha kuni klub mehmonlari (qizlar) raqqosalarga qarata pul sochishni va buni videoga olishni boshlashdi", - ta'kidladi tungi klub xodimi.
Qiz raqqosalarga pulni boshqa fuqarolar sochgani, u esa buni shunchaki videoga olganini aytib, aybini tan olmadi. Uning so'zlariga ko'ra, u videoda ko'rsatgan 200 minglik kupyuralarning mazkur vaziyatga aloqasi yo'q.
Sud fuqarolarni aybdor topib, ularni 3 BHM (900 ming so'm) miqdorida jarimaga tortdi.