Янгиликлар

Iyul oyidagi savollar TOP 5

Siz uchun Jurnalistlar, blogerlar va media xodimlarini huquqiy qo'llab-quvvatlash maslahatxonasiga kelib tushgan savollar TOP 5 tayyorladik. Eslatib o'tamiz, maslahatlar bepul beriladi, Legalclinicga media bilan bog'liq huquqiy masalalar yuzasidan har kim murojaat qilishi mumkin.
Ommaviy tarzda bo'lmasa-da, jurnalistning kasbiy vazifalarini bajarish chog'ida uni haqorat qilgan bo'lsalar, bu uchun haqorat qiluvchini jazoga tortish mumkinmi?
Siz tegishli ariza bilan militsiya organlariga murojaat qilishga haqlisiz. Agar haqorat faktini isbotlashning imkoni bo'lsa, boshqa shaxsni haqorat qilgan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.
Maqolani tayyorlash jarayonida men bir taraf taqdim etgan faktlardangina foydalandim. Keyinchalik menga noto'g'ri axborot berganlarini bilib oldim. Harakatlarim raqobatchini diskreditatsiya qiladimi? Bu uchun javobgarmanmi?
Raqobatchini diskreditatsiya qilish, ya'ni subyektning ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan azaldan yolg'on, noto'g'ri yoki o'zgartirilgan ma'lumotlarni bosma nashrlarda e'lon qilinadigan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalarida boshqa shakllarda tarqatish uchun - BHM ellikdan yuz barobarigacha jarima, yoki uch yuz oltmish soatgacha jamoat ishlari, yoki uch yilgacha tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu holatda axborot haqqoniyligi tegishli tarzda tekshirilmagani uchun jurnalist javobgarlikka tortilishi mumkin.
Mahalliy blogerlar tarqatuvchisi bo'lgan internetdagi reklama mamlakatimizda tartibga solinadimi?
Internet xalqaro axborot tarmog'i orqali tarqatilayotgan reklama mazkur Qonunning 16-moddada belgilangan talablarga javob berishi kerak. Xususan, reklama beruvchi va tatqatuvchi ikkalasi ayni damda O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lmagan taqdirda reklama uzatish mumkin emasligi to'g'risidagi talabga ham.
Qonunchilikda "UZ" domenidagi axborot resurslarida reklama aylanishi borasida qo'shimcha talablar joriy etilishi mumkin.
Homilador ayolni ishga qabul qilmaslik qonuniymi?
Ishga qabul qilishda g'ayriqonuniy rad javobi berilishi mumkin emas. Ishga qabul qilishda g'ayriqonuniy rad javobiga quyidagilar kiradi:
Mehnat va ta'lim sohasida dikriminatsiyaga yo'l qo'ymaslik talabining buzilishi;
Ishga oluvchi taklif etgan xodimlarni ishga olmaslik;
Qonunchilikka muvofiq, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzishi shart bo'lgan kishilarni ishga olmaslik (minimal ish o'rinlari hisobiga ishga yuborilgan shaxslar, alohida shartlar asosida mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarni qayta ishga olishda va boshq.);
Homiladorlik yoki farzandlari borligi sabab ishga olmaslik;
Sudlanganlik, jumladan, o'tab bo'lingan yoki bekor qilingan sudlanganlik, yoki yaqin kishilari sudlangani, jumladan, o'tab bo'lingan sudlanganlik va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ishga olmaslik.
Ishga olishda rad javobi berilgan taqdirda ish beruvchi ishga olishda rad berilgan shaxs talabi bilan uch ish kuni ichida rad berilganining sababi ko'rsatilgan holda va ishga olishga haqli vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlangan asosnoma taqdim etishi kerak.
Xatning yo'qligi g'ayriqonuniy rad javobini sudda bekor qilish uchun to'sqinlik qilolmaydi. Shu tariqa, homiladorlik ishga olmaslik uchun asos bo'lolmaydi.
Sudyadan uning ish vaqtidan tashqari vaqtda intervyu olsam bo'ladimi?
Intervyu berish yoki bermaslik muayyan sudya xohishiga havola. Lekin qonun sudyalar faoliyati haqida ma'lumot so'rash huquqini beradi.