Янгиликлар

“Ryodan” submadaniyatiga aloqador yoshlarning huqulari poymol etilganmi

5 mart oqshomida Toshkentda huquq-tartibot organlari xodimlari 50 nafardan ortiq go’yo “Ryodan” submadaniyatiga aloqador yoshlarni qo’lga oldi.
Repost o’sha kuniyoq ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar yetkazilgan Yashnobod tumani IIB binosida olingan video tarqalganini yozdi. Xabar berilishicha, ushlangan yoshlarning telefonlari olib qo’yildi, ota-onalari esa ogohlantirilmadi, shuningdek, bo’lim hududiga kiritilmadi.
“Repost” xabariga qo’lga olinganlarning yaqinlari – guvohlar voyaga yetmaganlarning ushlanishi jarayonini aytib berayotgan video ilova qilingan edi. Qarindoshlardan biri vaziyatni shunday tasvirladi: Men hammasini videoga oldim. Bu holat darvoza ortida, ya’ni IIB tashqarisida yuz berdi. Ona xodimlardan biri bulan gaplashdi, nima bo’layotganini tushuntirishlarini so’radi. U ayolga baqirib ketdi. Yonida ukam turgandi, u ham videoga olayotgandi. Xodim uning qo’lidan tortib, IIB binosi tomon torta boshladi. U onamga qo’l ko’tarishni boshladi. Men, biz suratga olishga haqlimiz desam, hech qanday huquqqa ega emassiz, deb javob berdi u…”

“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonun
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi

Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining faoliyati haqida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan haqqoniy axborotni olish huquqiga ega, foydalanilishi qonun bilan cheklangan axborot bundan mustasno. Ichki ishlar organlari “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanilishini ta’minlaydi.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to’g’risida”gi Qonun
7-modda. Axborotdan foydalanuvchi va uning huquqlari

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchidir.
Axborotdan foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan axborotni olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali so‘rov bilan murojaat etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishni rad etish.
Axborotdan foydalanuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

4-modda. Jamoatchilik nazoratining obyekti
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini ta’minlashga;
o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;
ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obyektidir.
5 mart kuni soat 18.00 Xalqaro forumlar saroyi oldida 50 nafardan ortiq voyaga yetmagan yoshlar yig’ilgani aniqlandi. Ular Yashnobod tumani IIBga olib kelndi, yig’ilish maqsadi haqida so’raldi va muammo yuzasidan axboriy-profilaktik suhbat o’tkazildi. Tekshiruv jarayonida 9 nafar voyaga yetmagan ijtimoiy tarmoqalrda “Ryodan” kanallariga a’zo ekani aniqlandi. Barcha yoshlar o’sha kuni uylariga qaytdi, heh kim protsessual tartibda ushlab qolinmadi.

Ayni damda Toshkent Shahar IIB xodimlari ommaviy tartibsizlik, diniy, milliy va etnik dushmanlikni targ’ib etuvchi ma’lumotlarni tarqatayotgan kishilarning shaxsini aniqlayapti.