Янгиликлар

Anhor.uz jurnalisti Namangan bozori qo’riqchilari tomonidan ushlandi

Anhor.uz nashri jurnalisti Namanganda savdo majmualari va “Sardoba” bozorida tamaki mahsulotlari kontrabandasi va falsifikat masalalari yuzasidan surishtiruv olib borayotgan edi.
Kontrabanda tamaki mahsulotlari sotuvi ochiq havodagi savdo nuqtalaridan amalga oshirilyapti, Tovar omborxonalari esa bozorga tutash hududlarda joylashgan.
Bozordan chiqish joyida Anhor.uz jurnalisti bozor qo’riqchilari tomonidan ushlandi va aynan o’sha savdo nuqtalari sotuvchilari yordamida uning telefonidan noqonuniy savdo foto va videolavhalari o’chirtirildi.
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga muvofiq,
8-modda. Jurnalistning daxlsizligi

Jurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.
Tanqidiy materiallar e’lon qilganligi uchun jurnalistni ta’qib qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10-modda. Jurnalistning kasbiga doir faoliyati kafolatlari

Jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan qo‘riqlanadi.
Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishida uning himoya qilinishini ta’minlaydi.
Jurnalistning jurnalistlik faoliyatiga aralashish, undan o‘z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog‘ida olgan biror bir ma’lumotni talab etish taqiqlanadi.
Manba: Anhor.uz